O‘zbekistonda kibersporti bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda kibersporti bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tadi

23–25-iyun kunlari Toshkentda yoshlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha “Youth Esports CUP” chempionati respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa IT Park tomonidan O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi va uning hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. 

Chempionaning asosiy maqsadi kibersport musobaqalarini tashkil etish orqali professionallarni aniqlashdan iborat. 

Musobaqada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha havaskorlardan tortib professional jamoalargacha ishtirok etishi mumkin. 

Musobaqalar quyidagi yonalishlarda o‘tkaziladi: 

Jamoaviy sport o‘yinlari (jamoada 5+1 ishtirokchi): 

CS: GO

DOTA 2

Yakka tartibdagi: 

FIFA22

PES22 

Musobaqada 42 nafar g‘olib tanlab olinadi. Ya’ni yakka tartibdagi sport o‘yinlari bo‘yicha 6 nafar (har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 ta sovrin), jamoaviy sport o‘yinlarida esa 36 nafar (har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 ta sovrindor jamoa) yetakchi aniqlanadi.

O‘QING: Navbatdagi Telegram yangilanishi haqida batafsil 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!