O‘zbekistonda nafaqat fuqarolar, balki daraxtlarga ham ID-karta beriladi

  •   DiMaX
  •  490
  •  12.03.2020 08:59

O‘zbekistonda nafaqat fuqarolar, balki daraxtlarga ham ID-karta beriladi

O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi barcha plantatsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Har bir daraxtga raqam beriladi va tegishli unikal guvohnoma beriladi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Biometrik pasport o‘rniga endi ID-karta olamiz!

Kelgusi haftada Toshkentda daraxtlarni ro‘yxatga olish ishlari boshlanadi. Qurilish qilinishi mumkin bo‘lgan va daraxtlar kesilishi mumkin bo‘lgan joylarga birinchi galda e’tibor qaratiladi.

Daraxtlar ro‘yxati mahalliy hokimliklarga beriladi, ular o‘z hududlarida yashil qoplamaning saqlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar.

«Ushbu profilaktika chorasi juda murakkab jarayon, ammo siz ortda qololmaysiz. O‘z navbatida har bir viloyatni qamrab olish uchun iloji boricha ko‘proq mutaxassislarni jalb qilishga qaror qilindi», – dedi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov.

O‘QING: Hukumat endi Face ID ma’lumotlarini ham talab qilmoqda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!