O‘zbekistonda VPN ilovalarini yuklab olish kamaydi

  •   DiMaX
  •  1323
  •  21.02.2019 22:00

O‘zbekistonda VPN ilovalarini yuklab olish kamaydi

Joriy yilning 19 fevrali – seshanba kunidan boshlab YouTube videoxostingi va «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘iga kirish O‘zbekistonda qayta tiklandi. Facebook esa qisman ochilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: internet-provayder Facebook va YouTube’ni VPN’siz ochuvchi xizmat taklif etmoqda!

Ushbu saytlarga kirish bilan bog‘liq muammolar o‘tgan yilning sentyabr oyida (YouTube bilan – oktyabrda) boshlangan edi. Foydalanuvchilar servislarni VPN’dan foydalangan holda ishlatish mumkinligini aniqladilar, bu esa ular ommabopligining keskin o‘sishiga olib keldi.

Avvalroq, O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinuvchi 100 ilova ro‘yxatiga ham kirmagan VPN Proxy Master kabi ilovalar birinchi o‘ringa ko‘tarilib olib, Telegram hamda Instagram kabi an’anaviy yetakchilarni ortda qoldirgandi.

21 fevral kuni O‘zbekistonda VPN ilovalar o‘z pozitsiyalarini yo‘qota boshladi va birinchi o‘rinni boshqa ilovalar uchun bo‘shatib berdi. Masalan, VPN Proxy Master fevral oyida davomida birinchi marta birinchi o‘rindan pastga tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda keskin pastlagandi.

O‘QING: O‘zbekistonda VPN taqiqlanib, undan foydalanganlar jazolanadimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!