«O‘ZBEKTELEKOM» rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  993
  •  08.08.2018 16:37

«O‘ZBEKTELEKOM» rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

2018 yilning 8 avgust kuni «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi rahbariyatida qator lavozimga tayinlashlar amalga oshirildi. Bu haqda kompaniya telegra.ph platformasi orqali xabar bergan.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yana internet-kanallarni arzonlashtirdi

Xabarga ko‘ra, kompaniya rahbari etib avval ham bosh direktor lavozimida faoliyat yuritgan Shuhrat Kadirov tayinlangan.

2018 yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farxod Roziyev esa kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, Yevgeniy Marking o‘rniga Jamol Maqsudov kompaniyaning Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlangan.

O‘QING: Yil oxirigacha internet tezligi qanchaga oshadi? Yo‘l xaritasini tomosha qiling!