«O‘zbektelekom» yana internet-kanallarni arzonlashtirdi

  •   DiMaX
  •  2972
  •  19.07.2018 12:46

«O‘zbektelekom» yana internet-kanallarni arzonlashtirdi

2018 yil 10 iyuldan Xalqaro paketli kommutasiya markaziga ulangan operator va provayderlarga Internet-kanal tariflari 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mga pasaytirildi. Bu haqda «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi xabar bermoqda.

O‘QING: Yil oxirigacha internet tezligi qanchaga oshadi? Yo‘l xaritasini tomosha qiling!

Shuningdek, Transport magistralini ekspluatatsiya qilish markazi orqali ulangan O‘zbekiston Respublikasi operator va provayderlariga ham, sig‘im va hududidan qat’i nazar, Internet kanal uchun narxlar pasaytirilib, Kompaniya tomonidan yagona tarif belgilandi.

Avvalroq, tarif 1 Mbit/s uchun ulanish hududi va kanal sig‘imidan kelib chiqqan holdan 410 000 so‘mdan 309 550 so‘mgacha narxlanar edi. 12 iyuldan boshlab hududi va sig‘imidan qat’i nazar 1 Mbit/s uchun tarif narxi 265 000 so‘mni tashkil qiladi.

Ushbu qadam mintaqaviy internet-xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Foydalanuvchilarda tug‘iluvchi muhim savollardan biri: «Internet oxirgi iste’molchi uchun uchun arzonroq bo‘ladimi?» Bahs va munozaralarning oldini olib shuni aytib o‘tish kerakki, iste’molchilar uchun Internetning oxirgi narxiga ta’sir qiluvchi qator omillar mavjud. Har bir provayder taqdim etuvchi xizmatlarining narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!