«O‘zbektelekom» yangi tarmoqni ishga tushirdi

«O‘zbektelekom» yangi tarmoqni ishga tushirdi

«O‘zbektelekom» AK «Uz-IX» piring tarmog‘i loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu piring tarmog‘ining tashkil etilishi jahonda ommabop Internet-resurslar va portallarni mahalliylashtirish, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarining arzonlashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yuqori sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish imkonini beradi.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, mamlakat hududida Internet-trafikning mahalliylashtirilishi kamida 60 % ni tashkil etadi. Mazkur loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish xalqaro Internet kanalni yuklab olishni optimallashtirish va Internet-resurslarning oqilona taqsimlanishini ta’minlashi imkonini beradi.

 «Uz-IX» tarmog‘i – bu «O‘zbektelekom» AK boshqaruvidagi infratuzilma bo‘lib, unda barcha ishtirokchilar (piring hamkorlari) bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri trafik almashish imkoniyatiga egalar.

Piring tarmog‘ining ishtirokchisi Internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha xizmatlar (Internet-provayderlar, mobil aloqa operatorlari), xosting xizmatlari (kontent provayderlari), media-kontentga ulanish xizmatlarini taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish va faoliyati uchun tegishli amaldagi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Uz-IX» yangi piring tarmog‘ining tashkil etilishi amal qilib turgan «TAS-IX» piring tarmog‘ining muqobili yoki uning o‘rniga yaratilmadi. «O‘zbektelekom» AK avvalgidek «TAS-IX» NNT a’zosi va MUTO‘HM almashuv punkti foydalanuvchisidir.

O‘QING: Kommunal to‘lovlardagi qarzdorliklar haqida Telegram orqali ma’lumot olamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.