«O‘zbektelekom»dan ikkita xushxabar: eng foydali mobil tarifga ulanish va Wi-Fi router bepul!

  •   DiMaX
  •  10495
  •  31.12.2020 15:16

«O‘zbektelekom»dan ikkita xushxabar: eng foydali mobil tarifga ulanish va Wi-Fi router bepul!

Yangi yil bayrami arafasida UZTELECOM o‘z saytida bir qator xabarlar chiqardi. Shular orasidan sizlar uchun qiziqarli bo‘lgan ikkitasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

O‘QING: Operator ilovasi 2021 yilda ham har gal 3750 MBgacha bonuslar sovg‘a qilishda davom etadi!

Birinchi xabar «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining Uzmobile uyali aloqa operatori abonentlariga tegishli. Esingizda bo‘lsa, u iyunning oxirida «ODDIY 10» tarif rejasiga BEPUL ulanishni yo‘lga qo‘ygan edi. Keyinroq esa ushbu aksiyaning muddati 31 dekabrgacha uzaytirilgan.

Kompaniya mobil aloqa abonenti bo‘lishni istaganlar uchun yangi yil tuhfasi sifatida, ushbu tarif rejasiga ulanishni endi mutlaqo BEPUL qildi.

«ODDIY 10» tarif rejasining shartlari bilan tanishish hamda mazkur tarif rejasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havola orqali kompaniya saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: UzMobile'da operator bo‘lib ishlash uchun nima qilish kerak?

Kompaniya e’lon qilgan yana bir yangilik esa uning Uzonline internet-provayderi abonenti bo‘lishni istaganlarga ma’qul keladi. Unga ko‘ra, «Internetga ulaning va abonent qurilmasiga ega bo‘ling» aksiyasi endi 2021 yilning oxiriga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiyada ham jismoniy, ham yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Ushbu aksiya doirasida «O‘zbektelekom» AKning internet xizmatlariga ulangan abonentlar uchun telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish davrida saqlash uchun abonent qurilmasi taqdim etiladi.

Aksiya shartlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Yangi yilni yangilangan UNLIM tariflari bilan kutib olamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.