«O‘ztransgaz» uchun uch yarim millionta gaz hisoblagichni Artel ishlab chiqarishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1014
  •  26.07.2019 10:02

«O‘ztransgaz» uchun uch yarim millionta gaz hisoblagichni Artel ishlab chiqarishi mumkin

Butun respublikada ishlab turgan gaz hisoblagichlarni elektron gaz hisoblagichlarga almashtirish rejalashtirilgan. 3,4 mln.ga yaqin yangi elektron hisoblagichlarni ishlab chiqarishga buyurtmani Artel kompaniyasi olishi mumkin, deb yozadi Minbar nashri.

O‘QING: Artel P5: "Beshni olish" o‘zini oqlaydimi?

«O‘ztransgaz» AJ mutasaddilarining 24 iyuldagi brifingda aytishicha, elektron hisoblagichlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Artel kompaniyasi bilan muzokara olib borilmoqda.

Gaz hisoblagichlar 3,4 million iste’molchiga «O‘ztransgaz» mablag‘i hisobidan o‘rnatiladi. Bu ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, birinchi bosqichda Toshkent shahri va Toshkent viloyati qamrab olinadi.

«O‘ztransgaz» AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, elektron hisoblagichlar tabiiy gaz hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tartibini (ASKUG tizimi) joriy etish doirasida o‘rnatilmoqda.

O‘QING: Biz nanotexnologiyalar davriga tayyormizmi?

Yangi tizimda tabiiy gazning ishlab chiqaruvchi korxonalardan to iste’molchigacha bo‘lgan hisobi va nazorat ishlari 5 bosqichdan iborat.

Dastlabki bosqichlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar va magistral gaz quvurlari boshqarmalarining bo‘linish chegaralari, gaz taqsimlash stansiyalari hamda viloyat gaz filiallarining yuqori bosimli gaz quvurlari chegarasiga zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatilib, ma’lumotlar onlayn rejimida dispetcherlik xizmatlariga uzatiladi.

3-bosqichda esa tumanlararo bo‘linish joylariga zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatilib, har bir tuman va shaharga kirib kelayotgan gazning aniq hisobi olib boriladi.

Tizimning 4-bosqichi yirik sanoat korxonalariga zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatish orqali onlayn sharoitida nazorat qilishga qaratilgan.

Yakuniy 5-bosqichida esa aholi xonadonlariga zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatilib, ularning barchasini yagona «Billing» tizimiga ulash nazarda tutiladi.

Avtomatlashgan tizimdan iborat bu loyiha ishga tushishi bilan ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazilgan tabiiy gaz hisobi real vaqt rejimida yuqori aniqlikda yuritiladi va jarayonda inson omili ishtiroki qisqaradi.

O‘QING: Kommunal to‘lovlardagi qarzdorliklar haqida Telegram orqali ma’lumot olamiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!