Panasonic havoni tozalovchi «aqlli» niqob chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  946
  •  28.03.2020 17:41

Panasonic havoni tozalovchi «aqlli» niqob chiqardi (+video)

Yaponiyaning mashhur Panasonic korporatsiyasiga qarashli Game Changer Catapult «g‘oyalar inkubatori» yangi mahsulotini taqdim etdi. AiryTail nomli ushbu gadjet rasman «kiyiluvchi toza havo generatori» deyilmoqda.

O‘QING: Xiaomi’ning koronavirusga qarshi tovari tufayli uning o‘z sayti ishdan chiqdi!

AiryTail kishi bo‘ynini va yuzining pastki qismini yopib turuvchi niqob bo‘lib, ikki bosqichli filtrga ega. Shuning evaziga u foydalanuvchini chang zarralaridan, gul changidan va havodagi boshqa mayda g‘uborlardan asraydi.

Mazkur niqob birinchi navbatda har kuni changli ko‘chalardan yuradigan mototsikl va skuter haydovchilariga mo‘ljallangan. AiryTail ikki qavatli oqim tizimi havoni shunday tozalaydiki, musaffo havoning bir qismi maska ichiga – foydalanuvchining yuziga kelsa, qolgan qismi atrofga taraladi.

Panasonic o‘z mahsulotining ommalashuvi uchun unga mobil ilova ham yaratgan. Smartfonga o‘rnatiluvchi dastur filtrning tozaligini kuzatishdan tashqari, har bir maska shaharning aynan qaysi hududlarida ishlatilayotganini ham aniqlab boradi.

AiryTail qancha ko‘p havo tozalasa, uning egasi shuncha ko‘p bonuslar oladi. Bonuslarni esa yangi filtrlarga almashtirish yoki ular evaziga hamkorlardan diskontlar olish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Karantin davrida bu ilovalar bir yarim baravarga ommalashdi!