Panasonic P90: chiroyli va arzon smartfon – atigi 80 dollar

  •   Saroy
  •  2538
  •  22.06.2018 12:06

Panasonic P90: chiroyli va arzon smartfon –  atigi  80 dollar

Yaponiyaning Panasonic korporatsiyasi yangi, juda arzon  Panasonic P90 smartfonini bozorga chiqardi. Qurilmaning narxi ko‘ngildagidek, tashqi ko‘rinishi chiroyli, qolaversa ichi ham soddaroq ishlangan.

Panasonic P90 tomonlar nisbati 16:9 bo‘lgan standartli HD-ekraniga ega bo‘ldi. Protsessori MediaTek MT6737, tezkor xotirasi 1 gigabayt va ichki xotirasi 16 gigabayt. Xotirasi 128 gigabaytgacha bo‘lgan  microSD kartasi uchun slot ham bor. Asosiy va old kameralari bittalik. Kameralarning ikkalasi ham 5 Mp ga ega svetodiodli chaqnog‘i va avtofokusi bo‘lgan tasvir datchiklari bilan jihozlangan.  Qolaversa, u 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1 va  GPS modullariga ega. Apparatning faoliyatini sig‘imi 2400 mAch bo‘lgan batareya quvvatlantirib turadi. Qurilmani OS Android 7.0 Nougat boshqaradi.

O‘QING: Panasonic shaffof displeyni namoyish etdi

Qora, moviy va tilla rangda bo‘lgan Panasonic P90 hozirdanoq Hindistonning ichki bozorida sotilmoqda. Narxi — 80 AQSh dollari turadi. Qurilma jahon bozoriga chiqadimi yo‘qmi hali noma’lum.

Yoqimli qurilma, lekin past narxiga qarab juda kuchsiz smartfon, deyish mumkin. Yangi qurilma keksalarga, bolalar yoki gadjetlar bilan birinchi bor tanishayotganlarga juda qo‘l keladi.

O‘QING: Panasonic taqiladigan elektronika uchun elastik batareyalarni ixtiro qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!