Pensiya haqidagi ma’lumotlarni onlayn usulda – bepul va oson oling! (videoqo‘llanma)

  •   DiMaX
  •  2496
  •  11.02.2021 16:42

Pensiya haqidagi ma’lumotlarni onlayn usulda – bepul va oson oling! (videoqo‘llanma)

Bir davraga yig‘ilgan nuroniylarimiz o‘z suhbatlarida pensiya mavzusiga to‘xtalishi shubhasiz. Biri nafaqasi oshgan-oshmaganini bilmayotganidan, boshqasi pensiyasi haqida ma’lumotlarni olish uchun ko‘p ovora bo‘layotganidan gapirib qoladi. Endi esa bu ma’lumotlarni olish osonlashgan, deyiladi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining Telegram-kanalidagi xabarda.

O‘QING: Avtojarimalar to‘g‘risida ma’lumotni endi onlayn tarzda – oson va bepul oling!

Shunday paytda ular orasida «zamonaviyrog‘i» bo‘lsa, hozir bu muammo emasligini aytib, my.gov.uz portali orqali uydan chiqmagan holda ham ma’lumot olish mumkinligini tushuntira ketadi.

Agar bu mavzu sizni ham qiziqtirib qolgan bo‘lsa, marhamat, tezda Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidan ro‘yxatdan o‘ting.

Ushbu amaliyotdan so‘ng qidiruv satriga «Pensiya haqida ma’lumot» yozuvini kiritib, so‘ralgan manzilga o‘ting. Xizmat pasporti bilan tanishib chiqib, jarayonni davom ettiring.

Keyingi bo‘limda ma’lumotlar bo‘yicha kerakli bandni belgilab, pensiya turini tanlang. Ma’lumotnoma olishdan maqsadingizni ko‘rsating va hujjat taqdim qilinayotgan tashkilotni, kerakli ma’lumot bo‘yicha aniq sanani belgilang.

Navbatdagi jarayonda Elektron hukumatning xizmatlar bazasi orqali nafaqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan faylga o‘tish so‘raladi.

Unutmang!

Pensiya jamg‘armasi tomonidan sizga belgilangan davr uchun to‘lovlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mutlaqo bepul taqdim etiladi.

Xullas, endi nuroniylarimiz o‘z nafaqalari haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!