«Pentakamerali» Nokia 9 flagmanini ilk bor oldindan ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  709
  •  28.09.2018 17:01

«Pentakamerali» Nokia 9 flagmanini ilk bor oldindan ko‘rsatishdi!

Xabaringiz bor – HMD Global kompaniyasining eng kutilayotgan Nokia 9 flagmaniga naq beshta ob’yektivli kamera o‘rnatiladi. Bu ishlanma uchun maxsus «penta-kamera» («beshtalik kamera»), shuningdek, «revolver kamera»  atamalarini qo‘llashyapti.

O‘QING: Besh modulli inqilobiy kameraga ega Nokia smartfoni ilk «jonli» suratda!

Insayderlar shu paytgacha Nokia 9 modelining bir necha «jonli» rasmlarini chiqarib yuborishgan, ammo biror marta bu flagmanning old yuzasini ko‘rsatishmagan edi. Nihoyat, bugun – 2018 yilning 28 sentyabrida Weibo ijtimoiy tarmog‘iga uning old tomoni aks ettirilgan naq ikkita surat chiqarildi.

Ekranining chekkalari dumaloqlangan ushbu smartfon joriy yilning boshida namoyish etilgan Nokia 8 Sirocco modeliga judayam o‘xshash.

O‘QING: Nokia 8 Sirocco flagmani taqdim qilindi

Ta’kidlash kerakki, bular – Nokia 9’ning «jonli» suratlari emas, balki fabrika chizmalari asosida mashinada sifatli qilib ishlangan tasvirlardir. Ularni Quansong Technology kompaniyasi taqdim etgan.

Agarda Nokia 9 chindan ham shu ko‘rinishda bo‘lsa, demak, HMD Global ham navbatdagi flagmanida 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishidan voz kechyapti ekan.

Nokia 9 smartfonining anonsi bu yilning so‘ngida bo‘lib o‘tishi haqidagi taxminlar rad etilgan. Aftidan, uni kelasi yilning fevralida, Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasida taqdim qilinadi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung hali e’lon qilinmagan Nokia 9 flagmanini Galaxy smartfoniga almashtirib bermoqchi!