Phone’ ning 2018 yilda chiqadigan uchta modeli: biri ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1207
  •  03.07.2018 14:59

Phone’ ning 2018 yilda chiqadigan uchta modeli:  biri ma’lum bo‘ldi

Smartfonlarning ishlash samaradorligini testdan o‘tkazishga ixtisoslashgan Geekbench ma’lumotlar bazasida 2018 yilning yangi iPhone smartfoni paydo bo‘ldi.

Hisobotga ko‘ra, yangi qurilmaga iPhone 11,2 deb nom berilgan. Unda 4 GB tezkor xotira (iPhone X’ ga qaraganda 1 GB ko‘p), iOS 12 operatsion tizim va yangi  D321AP (preyemnik Apple A11 Bionic) chip mavjud.

O‘QING: Yangi iPhone’larning narxi ma’lum

Testda yangi bir yadroli qurilmaning ishlash samaradorligi 4673 ball oldi, ikkiyadrolisi esa — 10912. Umuman olganda, natijalar  iPhone X’dagiga o‘xshash. Bu juda ajablanarli, deyishmoqda ekspertlar. Chunki, nazariy jihatdan bu qurilma juda kuchli bo‘lishi kerak edi. Ehtimol, bu dastlabki apparat variantlari bo‘lishi mumkin, kompaniya uning tizimini yanada yaxshilashga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Apple kompaniyasi iPhone’ning bir yo‘la uchta modelini chiqarishni rejalashtirgan. Ularda  5.8, 6.1 va 6.5-dyuymli displeylari bo‘ladi. Bundan tashqari, gap-so‘zlarga qaraganda, Xitoy bozoriga qurilmaning ikki sim-kartalisi chiqariladi.

O‘QING: iPhone qotib qolsa, uni majburan o‘chirib-yoqishni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!