Pixel Watch: nihoyat, Google ham o‘zining ilk smart-soatini chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  842
  •  12.05.2018 11:58

Pixel Watch: nihoyat, Google ham o‘zining ilk smart-soatini chiqaryapti!

Google kompaniyasi smartfonlar uchun Android, «aqlli» soatlar uchun esa Wear OS operatsion tizimlarini taqdim etib, bir necha yillardan beri ularni yangilab kelayotir. Shuningdek, joriy yilda u Pixel nomi bilan o‘z smartfonlarini ham chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: Google allaqachon Pixel 3 smartfonlarini tayyorlamoqda

Mashhur insayder Evan Blass fikricha, bu kompaniya yaqin orada o‘zining Pixel Watch nomli «aqlli» soatini ham taqdim etadi. Uni uchinchi avlod Google Pixel smartfoni hamda yangilangan – sinxron tarjima funksiyasiga ega Pixel Buds smart-quloqchinlari bilan birga namoyish etishadi.

Agarda mazkur ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, u holda Pixel Watch «qidiruv giganti»ning birinchi smart-soati bo‘ladi. U taqiluvchi gadjetlarga mo‘ljallab Qualcomm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan yangicha protsessorga tayanadi. «Aqlli» soat avval Android Wear nomi bilan tanilgan Wear OS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. An’anaga ko‘ra, bu devays «sun’iy ong» texnologiyalari hamda Google Assistant bilan o‘zaro integratsiyalashgan bo‘ladi.

Google o‘zining yangi avlod smartfonlari, Pixel Watch smart-soati hamda boshqa gadjetlarining taqdimot tadbirini joriy yilning sentyabrida o‘tkazishi kutilmoqda.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!