Plastik kartochkalarni magnit xavfidan himoyalashni o‘rganib oling!

  •   DiMaX
  •  1160
  •  21.10.2019 14:25

Plastik kartochkalarni magnit xavfidan himoyalashni o‘rganib oling!

Bugungi kunda ommalashgan bank plastik kartalarida, chipdan tashqari magnit lentachasi ham mavjud. Ushbu tasmacha kartochkaning orqa (chip ko‘rinmayotgan) tomonida ko‘zga tashlanadi.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Umuman olganda, nafaqat bank kartasida, balki shunga o‘xshash boshqa kartalar – otellarda xonaning kaliti sifatida qo‘llanuvchi kartalar, propusk-kartalarda ham magnit lentachasi mavjud. Ular qora, jigarrang yoki kul rang bo‘lishi mumkin. Agarda temir qipiqlarini shu joyiga sepib ko‘rsangiz, zarralar ma’lum bir tartibda joylashadi. Buning sababi esa o‘sha tasmacha yuzasidagi magnit maydonining ta’siridir.

Modomiki bu kabi kartalardagi magnitlangan tasmacha bor ekan, unga magnit biror salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi? Bu borada Ukrainaning «Magniton» do‘konlar tarmog‘i maxsus tajribalar o‘tkazib ko‘rgan va natijalarini o‘z sayti orqali e’lon qilgan.

O‘QING: Mobil bank orqali pulingizni o‘g‘irlashlari mumkin, bundan himoyalanish yo‘llari bor!

Kartalarga yozilgan ma’lumotlarga chindan ham ularga yaqinlashtirilgan magnit ta’sirida buzilib, o‘chib ketar ekan. Biroq bu ta’sirning qanchalik kuchli bo‘lishi magnitning turi va kattaligiga, shuningdek, karta turi va undagi magnit tasmachasining qanchalik kuchli magnitlanganligiga bog‘liq.

Odatda, mehmonxona nomerlarining kaliti sifatida qo‘llanuvchi hamda propusk-kartochkalar eng kuchsiz magnitlangan bo‘ladi va salgina magnitga yaqinlashtirilsa, ma’lumotlari o‘chib ketadi. Bank kartalarida esa tasmachaning magnitlanish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, zaifroq magnit ta’siriga ular dosh bera oladi. Biroq magnit maydoni kuchli, hajmi yirik bo‘lgan magnitlar ularni ham ishdan chiqarishga qodir.

Shu boisdan ham magnit tasmasiga ega kartalaringizni imkon qadar magnit yaqinlashuvidan asraganingiz ma’qul. Aks holda, u yerga yozilgan (karta egasining ism-sharifi, hisob raqami, amal qilish muddati haqidagi va hokazo) ma’lumotlar o‘chib ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun magnitli jism va bank kartochkangiz orasida kamida 2–3 santimetr (boshqa turdagi kartalarda esa – 10-15 santimetr) masofa saqlashingiz kifoya.

O‘QING: Plastik kartochka yo‘qolsa nima qilish kerakligini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.