PlayStation 4 uchun «Qasoskorlar» xaridorlariga sovg‘a bor!

  •   DiMaX
  •  1322
  •  23.06.2020 13:00

PlayStation 4 uchun «Qasoskorlar» xaridorlariga sovg‘a bor!

Sony kompaniyasining to‘rtinchi avlod o‘yin pristavkalari uchun 25 iyungacha Injustice: Gods Among Us o‘yini bir umrga bepul berilyapti. Endi esa PlayStation 4 egalariga yana bir xushxabar chiqdi.

O‘QING: Indiana Jons izidan: bu sarguzasht o‘yinni 25 iyungacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Square Enix kompaniyasi o‘zining «Qasoskorlar» («Avengers») o‘yini ixlosmandlariga xushxabar e’lon qildi. Mazkur o‘yinning PlayStation 4 uchun mo‘ljallangan versiyasini sotib olganlar uning yangi avlod – PlayStation 5 konsoliga chiqarilayotgan talqinini bepul oladilar.

Shu bilan birga, o‘yinsozlar PS5 pristavkasiga mo‘ljallangan «Qasoskorlar»ning ayrim xususiyatlarini ham aytib o‘tishdi. Unda tasvir aniqligi yuqori darajada, soyalantirish va filtrlash yaxshilangan.

Bundan tashqari, bu o‘yinning PlayStation 5 talqinini ikki xil rejimda o‘ynash mumkin bo‘ladi:

  • yuksak samaradorlik dinamik 4K sifatida, soniyasiga 60 kadrlik chastotada;
  • a’lo grafika – yaxshilangan grafika bilan.

«Qasoskorlar» o‘yini shu yilning sentyabr oyi boshida PS4, Xbox One hamda kompyuterlar uchun chiqadi. PlayStation 5 versiyasi esa yilning oxirigacha taqdim etiladi.

O‘QING: PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!