PlayStation 5 narxi va deyarli barcha xususiyatlari e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  3635
  •  10.03.2020 15:45

PlayStation 5 narxi va deyarli barcha xususiyatlari e’lon qilindi

Sony kompaniyasi PlayStation 5 konsolini e’lon qilganidan buyon uning ko‘rinishi va xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Saytimizda pristavkaning render videosi, shuningdek, konsolning va geympadning ilk «jonli» rasmlari ham e’lon qilingan.

O‘QING: PlayStation 5 allaqachon Xbox Series X ustidan ilk g‘alabasini qozondi

Garchi ishlab chiqaruvchining o‘zi keyingi avlod o‘yin pristavkasining texnik jihatlarini hozircha sir tutayotgan bo‘lsa-da, insayderlar allaqachon bu ma’lumotlarni tarqatishdi. BGR nashri manbasiga ko‘ra, PlayStation 5 quyidagicha xususiyatlarga ega:

  1. Videokarta RDNA 2 arxitekturasi asosida ishlangan; chastotasi 1,7 GGs.lik, unda 60 ta hisoblash blogi bo‘lib, samaradorligi 13,3 teraflops.
  2. Sakkiz yadroli AMD Zen2 protsessori; uning ishlash chastotasi aslida 3,4 GGs, lekin Sony mazkur chipsetni 3,7 GGs.lik chastotagacha kuchaytirmoqchi.
  3. Tezkor xotirasi: 16 gigabaytlik GDDR6 + 4 gigabaytlik DDR 4.
  4. Ichki xotirasi: 1 terabaytgacha hajmli, 5,5 GB/soniyagacha tezlikdagi SSD.
  5. Nurlar trassirovkasi texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi uchun alohida RT yadrolari.
  6. O‘tkazuvchanlik qobiliyati – 565 GB.
  7. Barcha oldingi avlod PlayStation’lar bilan to‘liq o‘zaro muvofiqlik.
  8. Yangi avlod – DualShock 5 geympadi taktil qayta ta’sirga, yurak urishini o‘lchovchi datchiklarga va o‘z mikrofoniga ega.
  9. Ovozli buyruqlar yordamida o‘yinlarning biridan ikkinchisiga o‘tish, ko‘p geymerli rejimni ishga tushirish va hokazolar uchun PlayStation AI «aqlli» yordamchisi.

Manbaga ko‘ra, PlayStation 5 savdoga 499 dollar narxida chiqariladi; uning relizi 2020 yil so‘ngida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.