Prezident internet xizmatlarini ikki baravarga oshirishni topshirdi

  •   DiMaX
  •  624
  •  23.04.2021 09:01

Prezident internet xizmatlarini ikki baravarga oshirishni topshirdi

Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor davomida Shavkat Mirziyoyev internet xizmatlarini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu xususda Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda internet nega qimmat? – AKT vazirligi izoh berdi

– Olim Umarov (bosh vazir maslahatchisi) va Shuhrat Sodiqov (axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri) axborot sohasida xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, narxlarni arzonlashtirish va sifatini oshirish hisobiga, aloqa va Internet xizmatlari hajmini kamida 2 baravarga va dasturlashni esa 3 baravarga oshirishni ta’minlasin, – degan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov mamlakatimizda internet narxi va sifatini tanqid qilgan. AKT vazirligi unga javoban «internet narxi oshmagani, balki aksincha – pasaygani»ni aytib bayonot bergan.

O‘QING: 1 maydan barcha operator va provayderlar uchun internet xizmatlari 30 foizgacha arzonlashmoqda