Putin «Rossiyalik Ilon Mask»ni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2764
  •  06.03.2020 12:03

Putin «Rossiyalik Ilon Mask»ni e’lon qildi

TASS axborot agentligi «Vladimir Putinga 20 savol» turkumida ko‘rsatuvlar e’lon qilib kelayotir. Navbatdagi chiqishida mamlakat prezidenti kimni «Rossiyalik Ilon Mask» deb hisoblashini aytib o‘tgan.

O‘QING: Putin xavfli operatsion tizim ishlatishi ma’lum bo‘ldi

Amerikalik tadbirkor, SpaceX hamda Tesla bosh direktori Ilon (Elon) Mask juda mashhur va o‘z ishining ustasi bo‘lgan shaxsdir. Putinning fikricha, uning rossiyalik muqobili, deb «Kasperskiy laboratoriyasi» hammuassisi – Yevgeniy Kasperskiyni aytish mumkin.

«O‘ylashimcha, o‘z sohasida uning qolishadigan jihati yo‘q», deya ta’kidlagan Rossiya prezidenti. Vladimir Putin dunyoga mashhur va ommalashgan dasturiy ta’minot mahsulotlarini taqdim etib kelayotgan Kasperskiyni dunyo bo‘yicha yetakchilardan biri, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, antivirus dasturlaridan tashqari, «Kasperskiy laboratoriyasi» yana KasperskyOS nomli mobil operatsion tizimi ustida ham ishlamoqda.

O‘QING: Kasperskiy bepul antivirus chiqardi va boshqa antiviruslarni «ilma-teshik» deb atadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.