Putinga harbiy robotlarning «otjimaniye» qilishi va boshida turishini ko‘rsatishdi (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  829
  •  24.04.2019 18:09

Putinga harbiy robotlarning «otjimaniye» qilishi va boshida turishini ko‘rsatishdi (+«jonli» video)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuni kecha Sankt-Peterburgdagi harbiy bilim yurtiga tashrif buyurdi. O‘quv yurti kursantlari unga aviamodellashtirish va kema modellashtirish, shuningdek, robototexnika bo‘yicha o‘z ishlanmalarini ko‘rsatishdi.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Jumladan, prezidentga minalashtiruvchi robot prototipini ham ko‘rsatishdi – u qumli tuproqda minalar o‘rnata oladi. Kursantlarning yana bir ishlanmasi esa «sun’iy idrok» sohasi bilan bog‘liq. Ikkita odamsimon mitti robot nutqni anglash xususiyatiga ega bo‘lib, ovozli buyruq yordamida boshqariladi.

Mana, «jonli» videoda o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin – robotchalar kursantning buyruqlariga bo‘ysunib, «otjimaniye» mashqlarini bajarishmoqda:

Ko‘rib turganingizdek, ikkinchi topshiriq – boshida turish mashqida bitta robotga kursantning o‘zi qarashib yuborgan, ammo umuman olganda yaxshi natija.

O‘QING: Bugun – insoniyatga robot tanitilgan va robot ilk bor qotillik qilgan kun!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!