Qarshi oling! Samsung’ning Android Go’dagi ilk smartfoni

  •   Saroy
  •  1326
  •  04.07.2018 15:09

Qarshi oling! Samsung’ning Android Go’dagi ilk smartfoni

Tarmoqlarda unchalik qimmat bo‘lmagan Samsung’ning  Android Go’dagi ilk smartfoni paydo bo‘ldi. Rasmga qarab shuni aytish mumkinki,  apparat kompaniyaning o‘zida ishlab chiqarilgan  qobiqda sotuvga chiqariladi

Android Go’dagi qurilmalarda hozirgacha modifikatsiya qilingan interfeysi  belgicha dizayni (masalan, Nokia 1 kabi)  bilan cheklanar edi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar, bu borada hozircha shunchaki, jimlik saqlayotgandir, ammo koreyalik gigant  Samsung Experience’ dan voz kechmadi va o‘zining bir nechta qo‘shimcha ilovalarini ham qo‘shdi.  Samsung Max shu yo‘l bilan trafikni tejamoqda (bundan avval ushbu  xizmat Opera’ga tegishli edi),  Smart Manager esa xotirani tozalaydi va keraksiz fayllarni o‘chirib tashlaydi.

O‘QING:Qarshi oling, yangi model: Android Go’ da ishlaydigan Meizu smartfonlari FCC sertifikatsiyasidan o‘tdi

Dizayn borasida qurilma  kompaniyaning boshqa, arzon smartfonlariga o‘xshaydi, faqat bitta farqi bilan – u ham bo‘lsa, ekran tugmasidan foydalanilshdir.

Mish-mishlarga qaraganda, yangi qurilma Samsung Galaxy J2 Core, deb nomlangan. Gadjetning tavsifi ham ma’lum: 5-dyuymli  displey Super AMOLED, to‘rt yadroli Exynos 7570 chipi, 1 GB tezkor xotira va 16 GB ichki xotira.  Orqa kamerasi  8 megapikselli, old kamerasi  5 megapikselli. Sig‘imi  2600 mAch bo‘lgan akkumulyator qurilmaning avtonom rejimda ishlashiga javob beradi.

Hozircha ushbu qurilma turli mamlakatlarda testdan o‘tkazilyapti, lekin taqdimot sanasi hali aniq emas.

O‘QING:Google Maps’ning yengil talqini – Maps Go’ni istalgan Android-qurilmaga o‘rnatamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!