«Qarzlar kuni»: insoniyat sayyoramiz bir yilda qayta tiklay oladigan barcha zaxirani sarflab bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1381
  •  02.08.2018 12:02

«Qarzlar kuni»: insoniyat sayyoramiz bir yilda qayta tiklay oladigan barcha zaxirani sarflab bo‘ldi

Agar sayyoramiz bizga bir yilga mo‘ljallab bergan zaxirasi 31 dekabrda tugaganda edi, buni normal holat, deyish qiyin emasdi. Afsuski unday emas. Ko‘p sarflayapmiz — ertaroq menusga kiryapmiz. Masalan, bu yil insoniyat bir yillik limitini yoz tugashini ham kutmay sarflab bo‘ldi: birinchi avgustdan boshlab biz sayyoramizdan yarim yildan keyin tiklay oladigan zaxirasini sarflashni boshlaymiz, lekin unga qayta tiklash uchun vaqt bermadik.

Odamlarning yerga keltirayotgan zararli ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan Global Footprint Network kompaniyasi 1 avgustni Butunjahon ekologiya qarzi kuni deb e’lon qildi.

O‘QING:Yaponiyada “Aqlli shahar” qurildi

Tabiiy zaxiralarni nazoratsiz ekspluatatsiya qilish turli mamlakatlarda turlicha kechmoqda. Bu borada haddan ortiq iste’mol qilish  holati  Qatar, Lyuksemburg, BAA, Baxrayn, Mongoliya  va AQShda ro‘y bermoqda. Agar qarz kuni ushbu mamlakatlarning  har biri uchun alohida hisoblanganda edi, Qatar bu kunni 9 fevraldayoq nishonlagan bo‘lur edi. Masalan, bu kunni  Rossiya  21 aprelda nishonlashi mumkin edi. Global Footprint Network aybdor va mas’ul mamlakatlarning xaritasini e’lon qildi.

O‘QING:Texnologik jihatdan taraqqiy etgan 10 davlat

Insoniyatning Yerdan ilk bor qarzi 1970 yilda  boshlangandi, o‘shanda kreditni atigi ikki kunga cho‘zishga to‘g‘ri kelgandi. Yarim asr o‘tmasdan turib, insoniyat qarz muddatini oz emas, ko‘p emas naq sakkiz oyga cho‘zib yubordi! Vaziyat o‘zgarmasa, kelasi yil ekologiyadan qarz bo‘ladigan kunimiz  avgust emas, balki iyul oyiga to‘g‘ri keladi. Aholining geometrik progress bo‘yicha ko‘payishini hisobga oladigan bo‘lsak, Yer resurslarini shu zaylda iste’mol qilish oqibatida yana o‘n yildan keyin ahvol butunlay o‘nglab bo‘lmas darajaga kelib qoladi. Bular: ochlik,  epidemiya va albatta, resurslar uchun qurolli to‘qnashuvlar.

Yana shuni ham alohida ta’kidlash joizki, agar ahvol shuday davom etaversa,  2050 yilga kelib sayyoramizda istiqot qilish mumkin bo‘lmay qoladi...

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.