Qaysi biri arzon? O‘rtacha narxlar taqqoslanganda

  •   Saroy
  •  3727
  •  14.08.2018 16:37

Qaysi biri arzon? O‘rtacha narxlar taqqoslanganda

Counterpoint Research tadqiqotlari bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarda aytilishicha, Samsung Electronics kompaniyasi smartfonlarining o‘rtacha narxi bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu reytingda mazkur kompaniya bir yil davomida uchta pozitsiyaga pastlagan.

Joriy yilning ikkinchi choragida koreyalik smartfon ishlab chiqaruvchi gigantning qurilmalari o‘rtacha 8 foizga arzonlashdi va 247 dollarni tashkil etdi.

O‘QING:ASUS va MSI'da muammo: o‘yin noutbuklari xaridorlarini yo‘qotmoqda

Yana bir ta’kidlab o‘tadigan jihat, o‘tgan yili smartfonlarining o‘rtacha  narxini tushirgan yagona kompaniya ham Samsung Electronics hisoblanadi. Reytingda karvonboshilik qilayotgan kompaniya hamon Apple bo‘lib qolmoqda. Bu kompaniya o‘zining «ayfonlari» o‘rtacha narxini 20 foizgacha, ya’ni 724 dollargacha  ko‘targani ma’lum bo‘ldi.

Samsung kompaniyasining raqobatchisi, yana bir koreyalik kompaniya  LG Electronics ham ikkinchi choraklikda smartfonlarining o‘rtacha  narxini 190 dollargacha ko‘targan.

Xitoy gigantlari Xiaomi va Huawei o‘zlarining devayslarini o‘rtacha 159 va 265 dollardan sotishmoqda.

O‘QING:Foxconn xodimlari Apple’ni 1,3 million dollarga tushirishdi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.