Qaysi birini olsam ekan: iPhone SE 3 yoki iPhone 13 mini?

Qaysi birini olsam ekan: iPhone SE 3 yoki iPhone 13 mini?

Apple o‘tgan oy boshida o‘zining o‘rta toifadagi iPhone SE smartfoning yangi avlodini taqdim qildi. Garchi o‘rta darajadagi smartfon bo‘lsa ham iPhone SE 2022 o‘tgan yili taqdim qilingan iPhone 13 seriyasidagi smartfonlar bilan bir xil protsessorga ega, 5G ni ham qo‘llab-quvvatlaydi va iOS 15 da ishlaydi. Shunda savol tug‘iladi: o‘rta byudejtli odamlar iPhone 13 ning eng kichik varianti sotib olishgani ma’qulmi yoki o‘rta byudjetli iPhone SE ular uchun ideal bo‘ladimi? Keling ularni texnik xususiyatlarini solishtirib ko‘ramiz:

  iPhone SE (2022) iPhone 13 mini
ALOQA 5G, SIM, eSIM

5G, ikkilik SIM, eSIM

O‘LChAMI 138.4 mm - 67.3 mm - 7.3 mm

131.5 mm - 64.2 mm - 7.65 mm

OG‘IRLIGI 144 gr

141 gr

EKRAN 4.7 dyuym, 1334x750 (HD+, Retina IPS LCD, HD  5.4 dyuym, 2340x1080 (Full HD+), Super Retina XDR OLED
PROTsESSOR

A15 Bionic chip

A15 Bionic chip

XOTIRA 4GB operativ, 64GB - 128GB - 256GB doimiy 4GB operativ, 128GB - 256GB - 512GB doimiy
DASTURIY TA’MINOTI iOS 15 iOS 15
ORQA KAMERA 12MP (ƒ/1.8) Ikkita 12MP, keng (ƒ/1.6) va ultrakeng (ƒ/2.4)
OLD KAMERA 7MP (ƒ/2.2) 12MP (ƒ/2.2), SL 3D
BATAREYa 2018 mAh 2438 mAh
QUVVATLANIShI 18W, simsiz Qi 20W, 15W simsiz MagSafe, 7.5W simsiz Qi 
SUV, ChANGGA ChIDAMLILIGI IP67 IP68
QO‘ShIMChA XUSUSIYaTLARI Touch ID bilan barmoq izini aniqlash texnologiyasi Face ID bilan yuzni aniqlash texnologiyasi
NARXLARI (O‘ZBEKISTON) (4GB/128GB) 7.939.000 so‘m (4GB/128GB) 10.599.000 so‘m

Dizaynga keladigan bo‘lsak, bu borada iPhone 13 mini so‘zsiz g‘alaba qozonadi, chunki u selfi kamera tirqishini hisobga olmasa, chegarasiz to‘liq ekranga va so‘nggi zamonaviy dizaynga ega. iPhone SE 2022 esa besh yil avvalgi iPhone 8 smartfoni dizayni bilan bir xil ko‘rinishda, lekin shu bilan birga u premium ayfonlarga qaraganda sezilarli darajada ingichka ham.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, agar siz cho‘takbop narxdagi A15 chipida ishlaydigan, ingichka dizayndagi va barmoq izini aniqlash texnologiyasiga ega cho‘ntakbop Apple qurilmasini izlab yurgan bo‘lsangiz, iPhone SE 2022 siz uchun ideal smartfon bo‘la oladi.

Agar sizga biroz qimmat bo‘lsa ham, yaxshi kamera, ko‘p vaqtga yetadigan batareya, yuzni aniqlash texnologiyasi, suv changga yanada chidamli va so‘nggi dizayndagi 5G smartfon kerak bo‘lsa, iPhone 13 mini aynan siz uchun chiqarilgan.

O‘QING: Qachon Apple ham buklamafon chiqaradi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!