Qora tuynukdagi odam yoki koinotning hali ochilmagan jumboqlari

  •   Saroy
  •  5437
  •  22.08.2018 15:08

Qora tuynukdagi odam yoki koinotning hali ochilmagan jumboqlari

Ishonasizmi, insoniyat hali koinotning atigi bir foizini ham o‘rgana olgani yo‘q. Hatto, shu  bir foizda ham ko‘p tushunmovchiliklar bor... Masalan, mitti galaktikada vodorod nega yo‘q, nima uchun oyning ikki tomoni bir biriga o‘xshamaydi? Bu savollarga yaqindagina javob topildi. Lekin javobini kutayotgan savollar hali ham koinot qadar.

Olam qanday paydo bo‘lgan?

Olamning yaralishini hali hech bir ilmiy nazariya tushuntirib berolgani yo‘q. Hatto o‘sha mashhur Katta portlash ham aniq javobni bermadi. Nazariya bo‘yicha vaqt va makon bir vaqtda paydo bo‘lishi lozim edi, biroq bu qanday portlash bo‘lgan, u qanday sodir bo‘lgan va uni qanday kuch paydo qilgan? Bu savollarga hali biz javob topa olganimiz yo‘q. Insoniyat hali ham kvantli gravitatsiyaning nozik tomonlarini oxirigacha tushinib yetgani yo‘q.

O‘QING:Astrofiziklar koinotda sirli signalni payqashdi

Hozirgacha insoniyat zarralarning o‘zaro harakati fizikasini to‘lig‘icha bilmaydi. Uni bilish uchun bizga ikkinchi Eynshteyn kerak, lekin u qachon paydo bo‘ladi, bilmaymiz.

Olimlarda boshqa farazlar ham bor. Masalan, superstrun nazariyasi. Uni barmoqlarda isbotlab tashlash qiyin albatta, ammo shuni bilish lozimki, unga binoan, dunyo 11 qatlamli makan va ushbu barcha o‘lchamlar branlar deb ataladi. Ular vaqti-vaqti bilan o‘zaro to‘qnashadi. O‘shanda Katta portlash yuz beradi va yangi Olam paydo bo‘ladi.

Qora materiya nima?

Olimlarning aniqlashicha, Olamdagi  25 foiz materiya, bu qora materiya. Ammo bu o‘zi nima,  degan savolga hech kim oxirigacha javob berolmadi. U qanday ko‘rinishda? Buni hech kim tasavvur ham qilolmaydi, chunki u qanday elementar zarralardan tarkib topganini bilmaymiz. Ushbu zarralar yorug‘lik bilan o‘zaro birga, biz biladigan protonlar, neytronlar yoki elektronlarga qaraganda,  umuman boshqacha  harakat qiladi. Hatto Katta adronli kollayder ham ushbu savolga javob topib bera olmadi.

Qora materiya haqida bilganlarimiz atigi shu bo‘ladi, jumladan: u elektromagnit nurlanish taratmaydi va ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri birga harakatda ham bo‘lmaydi. Xush shunday ekan, uni qanday kuzatish mumkin? Olimlarning umid qilishicha, bunga  gravitatsion to‘lqinlar detektori yordam berishi kerak. Ammo bu ham noto‘g‘ri.

Umuman olganda, qora materiyani bilish shartmikan? Birinchidan, u biz yashayotgan olamning juda katta qismini egallagan, demak uning juda muhim vazifasi bor. Qora materiyani o‘rganish gravitatsiyani, yulduzlar harakatini va galaktikani tushinishga yordam beradi.

Agar biz, qanday qilib antimateriya materiya bilan o‘zaro harakat qilishini bilib olsak,  olamning yaralishini bilishning yana bir kalitini qo‘lga kiritgan bo‘lardik. Ehtimol, o‘shanda biz Katta portlash nazariyasini inkor etarmiz, xuddi bir vaqtlar savuq Olam modelini inkor etgani kabi, deydi koinotshunoslar.

Qora energiya — bu ham qora materiyami?

Demak qora materiya olamning 25 foizini tashkil etsa, bizga odat bo‘lgan oddiy materiya 5 foizni tashkil etadi. Shunday ekan, qolgan bo‘shliq nima bilan to‘ldirilgan? Olimlarning fikricha, aynan qora energiya bilan to‘ldirilgan. U qora materiyadan farqli ularoq, u jismni tortmaydi, balki itaradi. Qora energiya —  bu shunday antigravitatsiyadir.

O‘QING:AQSh samoviy qurollanish poygasiga start bermoqda

Qora energiyaning mavjudligi hali isbotlanmagan. Ushbu gipotetik masala olamning kengayishini tushuntirib berishi uchun olam modelini ilgari surgandi: Aynan qora energiya makonni “bir-biridan itarayapti”. Ayrim olimlarning fikricha, qora energiya umuman yo‘q narsa, u mavjud emas.

To‘qqizinchi sayyora haqidagi gap-so‘zlar?

Olimlarning ta’kidlashicha, Quyosh tizimida yana bir to‘qqizinchi ulkan sayyora mavjud. U taxminan Pluton orqasida joylashgan va og‘irligi Yer sayyorasidan 10 marta og‘ir. Tadqiqotchilar uning mavjudligini isbotlash uchun bir nechta dalillar keltiradilar. Dalillardan biri, ayrim osmon jismlari o‘zini xuddi Quyosh atrofini aylanayotgan qandaydir gigant ta’siri ostida turgandek tutishidir. Darvoqe, u 10 ming yilda bir bor aylanib oladi.

Ushbu sirli osmon jismini aniqlashning hozircha imkoni topilmadi. Bunga sabab, ehtimol uning sovuq yuzasi juda kam nur taratganidadir, shu bois uni faqat juda yaqindan ko‘rish mumkin.

Yerdan boshqa joyda ham ongli hayot bormikan?

Nima uchun, insoniyat paydo bo‘lganiga million yillar bo‘lsa ham, hech birimiz yerdan boshqa taraqqiy etgan sivilizatsiya vakilini uchratmadik, hech bo‘lmaganda, ular bilan uchrashish mumkinligi haqida ishonchliroq dalil keltira olmadik? Nazariya ko‘p.

Buyuk saralash gipotezasi mavjud. Unga binoan, har bir sivilizatsiyaning rivojlanishida burilish onlari bo‘ladi, ushbu burilish sivilizatsiyani  yoki halok qiladi, yoki avvalgi ibtidoiy darajasiga qaytaradi. Shunday ekan, bitta sivilizatsiya boshqa uzoq qo‘shnilari bilan aloqa o‘rnatish darajasigacha rivojlanib borolmaydi. Ehtimol, o‘zga sayyoraliklar allaqachon Yerda bo‘lgandir va u vaqtda yerda odomzot hali paydo bo‘lmagandir. Ular dinozavrlar bilan ko‘rishgandir... Hozir esa biz shu yerdamiz, yashayapmiz, revojlanayapmiz, kelgindilarni esa o‘zlarining sayyorasida qandaydir global halokat nobud qilgandir.

O‘QING:O‘zga sayyoraliklar: bizku ularni topa olmayapmiz, ular bizni qidiryaptimi?

Boshqacha gipoteza. O‘zga sayyoralar sivilizatsiyasi shu qadar yuqori darajada rivojlanganki, natijada lazer orqali nur taratib, o‘zlarining sayyorasini begona ko‘zlardan yashirib qo‘ygandir. Bunday nazariya koinotning boshqa bir jumbog‘ini ham tushinishga yordam beradi, bu voydi (bo‘shliq). Bu, koinotning galaktikalar bo‘lmagan hududlari. Ehtimol, amalda ular o‘sha joyda bordir, lekin biz ularni ko‘rmayotgandirmiz.

Kimlardir kelgindilar shu yerda, ular allaqachon sayyoramizni egallab olgan va muhim odamlarning aqlini nazorat qilib turibdi, ular sayyoramizni boshqarmoqda, deb hisoblaydilar.  Umuman olganda, hatto biz o‘zga sayyoralik bilan tuqnash kelgan taqdirimizda ham, ularni anglay olarmidik? Kim biladi, ular qanday ko‘rinishda? Ehtimol o‘zga sayyoralik qandaydir bir gaz bulutchasidir, shovqin yoki hid bo‘lar va biz ularni bilish imkoniga ega emasdirmiz, ular bilan aloqaga kirishni ham bilmasmiz.

Eng oddiy va kulgili variyant: Kelgindilar biz bilan mutlaqo qiziqmas va bemalol o‘z ishlari bilan banddir.

Qora tuynukka tushib qolsak nima bo‘ladi?

Qora tuynuk nima? Buni tushuntirish uchun, olimlar turlicha farazlarni o‘ylab topmoqdalar: Ba’zan o‘zining og‘irligi bilan materiyani bosib turgan og‘ir  zuldirni ko‘rsatadi, ba’zida kinoya bilan yumshoq, oyoq botib ketadigan qumni misol keltiradi, ba’zan esa qog‘ozni teng ikkiga buklab, unda teshik hosil qiladi... Biz bilamizki, o‘zining ulkan og‘irligi tufayli qora tuynuk chang yutkich tamoyilida ishlaydi. Lekin uning ichidagi ob’yektlar bilan nima yuz beradi, buni esa bilmaymiz. Yana nima deyishimiz mumkin, hatto qora tuynuk qanday ko‘rinishda ekanligini ham bilmaymizku?

Qolaversa,  astrofiziklarning ma’lum qilishicha, bu yil nihoyat,  Event Horizon Telescope  teleskoplari tarmoqlari orqali  qora tuynuk tasvirini olishga muvaffaq bo‘lamiz.

Tasavvur qilaylikchi, biror-bir shuring qurg‘ur qora tuynukga tushib qoldi, deb. Astrofiziklarning fikricha, uning yashab qolishiga imkoniyati yo‘q. Oqim kuchi uni yo parchalab tashlaydi,  yoki xuddi kir yuvgich mashinasi kabi aylantirib, siqib tashlaydi. Har qanday sharoitda ham yaxshilik bilan tugamaydi.

Multiolam mavjudmi?

Multiolam g‘oyasini ilgari suradiganlarning ta’kidlashicha, biz mansub bo‘lgan olamdan tashqari, yana ko‘plab olamlar mavjud. Bu g‘oya muqobil, yoki parallel dunyo haqida. Demak bu, o‘ta noreal narsa, ammo ushbu nazariyani ham tasdiqlaydigan dalillar mavjud.

Amerikalik fizik Xyu Everettning fikricha, kvant mexanikasi qonuniga asosan, barcha ehtimoliy hodisalar amalga oshishi kerak, hatto u bizning olamimizda bo‘lmasa, boshqa bir olamda bo‘lsa ham. Ya’ni har bir hodisa yana cheksiz shoxobchalarini paydo qiladi va natijada Multikoinot yuzaga keladi.

O‘QING:Xitoy qorong‘u materiyani o‘rganish uchun fazoga teleskop chiqardi

Ammo unitmaslik kerakki, olam uzluksiz kengayib boradi — buni yana, abadiy inflyasiya ham deb atashadi. Makonning biror-bir qismida inflyasiya tomom bo‘ldimi, demak u yerda Katta portlash yuz beradi va yangi olam paydo bo‘ladi. Ayrim aqli g‘ovlaganlar esa, hatto buni raqamlar bilan asoslamoqchi ham bo‘lishadi.

Umuman olganda, Multiolam hozircha bor yo‘g‘i nazariy model hisoblanadi.

Olamning adog‘i bormi, u bir kuni tamom bo‘ladimi?

Katta qarsillash tarafdorlarining fikricha, bir kun kelib, millionlab yillar o‘tgandan so‘ng, Olamning kengayishi torayish jarayoni bilan almashinadi. O‘shanda u barcha, galaktikalar va sayyoralar bilan birga bitta nuqtaga aylanadi, natijada yovvoyi qarsillash bilan bir-biriga aralashib ketadi. Qisqasi, Katta portlashning aksi yuz beradi.

Ehtimol, olamni issiqlik ajali kutayotgandir. Buni termodinamikaning ikkinchi qonuni yordamida tushuntirish mumkin. Ya’ni, natijada hamma energiya issiqlik energiyasiga aylanib, Olamning barcha kengliklarida bir xil issiq bo‘ladi va termodinamik jarayonlar tomom bo‘ladi. Yulduzlar halok bo‘ladi, materiya esa parchalanib ketadi.

Yana ikkita ijobiy farazlar ham mavjud. Ular: Katta diqqatbozlik, zerikish nazariyasi va  Katta Plato nazariyasi. Birinchi nazariyaga ko‘ra, Olamning kengayishi abadiy davom etadi. Ikkinchi nazariyaga ko‘ra esa, bir kuni kengayish shunchaki to‘xtaydi va o‘shanda bizni turgan joyimizda abadiy depsinish kutadi. Bu ham unchalik yomon kelajak emas, deydi olimlar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.