Qo‘sh kamerali Ulefone S1 smartfonini atigi 9,90 dollarga olish mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  3795
  •  31.07.2018 11:50

Qo‘sh kamerali Ulefone S1 smartfonini atigi 9,90 dollarga olish mumkin! (+video)

Android Go operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan, boshlang‘ich texnik xususiyatlarga ega smartfonlar savdosi ham kuchaymoqda. Shulardan birini xitoylik smartfonsoz – Ulefone taklif etayotir, narxi esa...

O‘QING: Qarshi oling! Samsung’ning Android Go’dagi ilk smartfoni

Aytish kerakki, Android Go bu – tezkor xotirasi hajmi kichkina va boshqa texnik jihatlari «bundayroq» bo‘lgan smartfonlarga moslab Android 8.1 Oreo talqinining «qirqilgan» shaklidir.

Ulefone S1 ham shunaqa modellardan biri bo‘lib, uning tezkor xotirasi 1 GB, doimiy xotirasi esa 8 gigabaytga teng. Korpusining romi metalldan ishlangan bu smartfon to‘rt yadroli SoC MT6580 protsessori bazasiga qurilgan.

Hamyonbop bo‘lsa-da, Ulefone S1’ning asosiy kamerasi qo‘shaloq – 8 va 5 megapikselli ob’yektivlardan iborat, yorug‘lik-diodli fotochaqnog‘i ham bor. 5 megapikselli old kamerasi esa egasining yuzini tanish orqali smartfonni blokdan chiqarish funksiyasiga ega. Ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlovchi ushbu telefon akkumulyatorining tok sig‘imi 3000 mA/soatga teng.

O‘QING: Suv va changdan qo‘rqmaydigan, ko‘p funksiyali Ulefone Armor X smartfonini 120 dollarga oling! (+video)

Mana, Ulefone S1 modelining xususiyatlariga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videorolikni birga ko‘ramiz:

Xo‘sh, shunday smartfonning narxi – atigi o‘n dollar, desak ishonasizmi? Ishonmasligingiz mumkin, ammo ayni damda ishlab chiqaruvchining o‘zi shunday taklif bilan chiqmoqda. Mana bu havola orqali uning saytida ro‘yxatdan o‘tsangiz, Ulefone S1 smartfoni uchun oldindan buyurtma berish huquqini qo‘lga kiritasiz va uni bor-yo‘g‘i 9,90 AQSh dollari narxida olishingiz mumkin bo‘ladi. Smartfon savdosi 10 avgustdan boshlanishi aytilmoqda.

O‘QING: Besh baravar arzon «xitoycha iPhone X»ga hoziroq buyurtma berishingiz mumkin!