Qo‘sh kamerali va katta FHD+ ekranli Galaxy A8 Star selfifoni taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  3145
  •  24.08.2018 15:06

Qo‘sh kamerali va katta FHD+ ekranli Galaxy A8 Star selfifoni taqdim etildi

Samsung kompaniyasining Galaxy Note 9 fableti shu kunlarda savdoga chiqqanidan xabaringiz bor. Janubiy koreyalik gigant yana Android 8.0 (Oreo) operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi Galaxy A8 Star telefonini ham rasman namoyish etdi.

O‘QING: Samsung Galaxy A turkumida yangi – A10, A30, A50, A70 va A90 smartfonlari chiqadi!

Mazkur qurilma FHD+ formatli, 6,28 dyuymlik Super AMOLED Infinity displeyga ega. Ekran tepasidan f/2,0 maksimal diafragmalik, 24 megapikselli kamera joy olgan. Smartfonning asosiy kamerasi esa qo‘shaloq – 16 hamda 24 megapikselli datchiklarni o‘z ichiga olgan.

Galaxy A8 Star texnik ta’minotining asosini Snapdragon 660 protsessori tashkil etadi. Qualcomm ishlanmasi bo‘lgan ushbu chip 2,2 GGs.gacha takt chastotali sakkizta Kryo 260 yadrosini, Adreno 512 grafik kontrollerini hamda 600 Mbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almashuvchi X12 LTE uyali modemini o‘z ichiga olgan.

O‘QING: Qualcomm: Galaxy S10 ham yangi iPhone’lardek qudratli protsessorga ega bo‘ladi!

Samsung’ning yangi smartfoni 6 gigabaytlik tezkor hamda 64 gigabaytlik doimiy xotiraga ega; yana unda microSD xotira kartasi uchun uyacha ham mavjud. Devaysga Wi-Fi 802.11ac (2,4/5 GGs) va Bluetooth 5 LE, GPS/GLONASS hamda NFC modullari o‘rnatilgan. Korpusning orqa panelidan daktiloskopik sensor ham o‘rin olgan.

Galaxy A8 Star korpusining o‘lchamlari 162,4x77,0x7,55 millimetrga, vazni esa 188 grammga teng. Uni quvvat bilan 3700 mA/soatlik tok sig‘imli akkumulyator ta’minlab turadi.

Samsung bu smartfonini taxminan 500 AQSh dollari narxida sotishni ko‘zlamoqda. Uning allaqachon savdoga chiqarilgan aksariyat modellari, jumladan, so‘nggi rusumdagi planshetofoni ham yurtimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Ilk bor! O‘zbekistonda Samsung Note 9 smartfonlari qimmatbaho sovg‘alari bilan sotuvga qo‘yildi - Olcha.uz'da birinchilardan bo‘lib buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.