Qo‘shni mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube bloklandi!

  •   DiMaX
  •  1524
  •  07.11.2018 15:32

Qo‘shni mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube bloklandi!

Bugun – 2018 yilning 7 noyabrida dunyodagi eng yirik Facebook ijtimoiy tarmog‘i qo‘shni Tojikiston hududida ishlamay qoldi. Shuningdek, bu mamlakatdagi foydalanuvchilar «Odnoklassniki» hamda YouTube videoxosting servisiga ham kira olishmayapti, deya xabar beradi “Izvestiya” nashri.

O‘QING: Sog‘liqni saqlash vaziri ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash haqida ko‘rsatma berdi

Shu bilan birga, mamlakatda bugun Viber, WhatsApp va Telegram messenjerlari ham ishlamay qolgan.

Tojikiston Aloqa xizmati bu vaziyatni izohlamagan va Yagona kommunikatsion markazga murojaat etishni maslahat bergan. Ular esa, bu Markaz internetga kirishni ta’minlashini, saytlarning bloklanishi esa o‘zlariga bog‘liq emasligini aytishgan.

O‘QING: Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlardagi «Like» va «Klass»lari sababli salkam 10 yilga qamaldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!