«Qotilning qaytishi»: Lenovo taqdimotga taklif etmoqda

  •   Saroy
  •  644
  •  08.10.2018 13:19

«Qotilning qaytishi»: Lenovo taqdimotga taklif etmoqda

Lenovo kompaniyasi o‘zining smartfonlar  “kolleksiyasi”ni yangi model bilan to‘ldirishga tayyorlanmoqda. Hatto taqdimot sana ham e’lon qilindi, faqat unda qanday model namoyish qilinishini Lenovo vakillari hozircha aytmayapti.

Reklama posterlariga ko‘ra, taqdimot 16 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Unda smartfon yassi qirrasi, atrofi yupqa metall rom va boshqarish tugmachalari bilan tasvirlangan. U qanday model va tavsifi qanday bo‘ladi, bular haqida ham ma’lumot yo‘q.

Posterda shunday so‘zlar aks etgan: «Qotil qaytmoqda». Chamasi,  Lenovo ham boshqa kompaniyalarning “qotil flagmanlar” va “dahshatli texnologiya” kabi iboralaridan ilhom olgan ko‘rinadi.

O‘QING:Lenovo Moto C, Moto M va Moto X smartfonlar lineykasini joriy yilda to‘xtatadi

Demak, 16 oktyabrda  Lenovo yangi K lineykasini namoyish etadi, uni odatta “qotil smartfon” ham deyishadi. Bu o‘tgan yilgi K8 Note’ning izdoshi yoki Lenovo K8 hamda K8 Plus bo‘lishi ehtimoliga ham ega.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda kompaniya to‘rt kamerali va sun’iy intellekt funksiyaga ega qurilmasini ham namoyish qilishga sha’ma qilgan edi.

O‘QING:Lenovo oktyabrdagi taqdimotgacha sabri yetmay, romsiz Z5 Pro smartfonini ko‘rsatdi!

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!