Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishga chek qo‘ymoqchi

Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishga chek qo‘ymoqchi

Amerikaning Qualcomm kompaniyasi "hamyurti" bo‘lmish Apple ustidan sudga da’vo arziasi berib, smartfon ishlab chiqaruvchisining Xitoyda iPhone ishlab chiqarishini to‘xtatishni so‘ramoqda. Bu to‘g‘rida Bloomberg nashri xabar bermoqda. Protsessor ishlab chiqaruvchi Snapdragon'ning so‘zlariga ko‘ra, Apple uning patent kelishuvlarini buzgan.

Nima bo‘lgan edi ?

2017 yilning boshida Apple korporatsiyasi Qualcomm'ni smartfonlar uchun chip ishlab chiqarish bozorida "yakka hukmronlik" o‘rnatishda, raqiblarini turli yo‘llar bilan siqib chiqarishda ayblagan edi. Unga ko‘ra chip ishlab chiqaruvchisi 1 mlrd dollar jarima to‘lashi kerak edi. Janubiy Koreya, AQSh va Tayvan hukumat Qualcomm'ni aybdor deb topdi va 773 million dollar jarimaga tortdi. Tayvan tarixida hali biror kompaniya bu qadar yirik jarima to‘lamagan edi.

Qualcomm kompaniyasi CDMA, WCDMA va LTE texnologiyasida foydalaniladigan ko‘plab mikrosxemalarning patentlariga egalik qiladi. Shuningdek, u mazkur mobil texnologiyalar uchun chiplarni yetkazib beruvchi bosh ishlab chiqaruvchi ham hisoblanadi.

Katta miqdorda pulga tushgan Qualcomm bir haftadan so‘ng Apple'ga qarshi da’vo arizasi berib, Apple'ni kompaniya patentlaridan foydalanishi, biroq ular uchun pul to‘lamayotganlikda aybladi. "Olma" vakillari esa Qualcomm bilan bu patentlarga pul to‘lash yuzasidan hech qachon kelishuvlar bo‘lmaganligini aytishgan.

Ekspertlarning fikricha, hozircha Qualcomm jahonning eng yirik texnologiya ishlab chiqaruvchisiga Xitoyda zarba berishga qodir emas. O‘z navbatida, Xitoy hukumati ham Apple'ning mamlakatdan chiqib ketishiga xayrixoh emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!