Qualcomm yangi chiplarni namoyish qildi: endi Wi-Fi tezligi soniyasiga 10 gigabitga yetadi

  •   Saroy
  •  664
  •  16.10.2018 16:47

Qualcomm yangi chiplarni namoyish qildi: endi Wi-Fi tezligi soniyasiga 10 gigabitga yetadi

Ular smartfonlar, noutbuklar, marshrutizatorlar va shunga o‘xshash qurilmalarga ishlatiladi. Bir tomondan olib qaraganda, chiplar, o‘ta yuqori Wi-Fi stantdartlarining yangi avlodi paydo bo‘lishini boshlab beradi, boshqa tomondan qaraganda,  ular internetda oddiy “o‘tirish” tezligini oshira olmaydi. Umuman olganda, yangi texnologiya qanday ishlashi haqida batafsilroq ma’lumotlar hozircha berilgani yo‘q.

Qualcomm yangi chiplarida WiGig texnologiyasini simsiz standartning yangi avlodigacha rivojlantiradi. U  802.11ay deb ataladi va ishonchli tezlikni 100 metrlik masofada soniyada  10 gigabitgacha oshira oladi. Biroq, bu yerda bir muammo bor, u ham bo‘lsa yangi tipdagi chastota (60 GGs diapazonda millimetrli to‘lqin) turlicha to‘siqlarga o‘ta sezgir. Shunday ekan, yangi modemni samarali ishlatib bo‘lmasa kerak.

O‘QING:Qualcomm naq 8.5 milliard tranzistorli protsessor tayyorlayapti!

Shu bilan birga WiGig, ba’zi tomonlari, masalan hech bo‘lmaganda tezligi orqali  5G  bilan raqobatlasha oladi. Kelasi yilda chiqishi kutilayotgan qurilma  «Wi-Fi 6» logotipiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ehtimol yangi texnologiyani ham qo‘llab quvvatlashi mumkin. Ammo, shu narsani ham e’tiborga olish kerakki, u Wi-Fi 6’ni almashtirmaydi, balki uni to‘ldiruvchi sifatida ishlaydi.

O‘QING:Qualcomm o‘rta toifadagi smartfonlar uchun kuchli protsessor yaratdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!