Quvvati eng uzoqqa yetuvchi 25 noutbuk

  •   DiMaX
  •  4370
  •  21.02.2018 17:50

Quvvati eng uzoqqa yetuvchi 25 noutbuk

Portativ kompyuterlar uchun eng muhim jihatlardan biri – akkumulyatorining quvvati iloji boricha ko‘proq vaqtga yetishidir. Zero, uning desktop kompyuterlardan asosiy farqi – yonimizda olib yurish imkoni mavjudligi ekan, bunda avtonomlik xususiyatining ahamiyati katta.

O‘QING: Lenovo narxi 189 dollardan boshlanuvchi noutbuklarni chiqardi

CNET resursi yaqinda Windows hamda macOS tizimlarida ishlovchi laptoplarning, shuningdek, «ikkitasi bittada» bo‘lgan gibridlar hamda Chrome OS’da ishlovchi qurilmalarning avtonomligini sinab ko‘rdi. Buning uchun barcha noutbuklar Wi-Fi orqali oqimli video ijrosi sharoitida batareyasining to‘la quvvati qancha vaqtga yetishi tekshirildi.

Mana, natijalar bilan tanishing, bu yerda har bir modelning avtonomlik ko‘rsatkichi soat va daqiqalarda aks ettirilgan:

  1. Acer Chromebook R 13 – 13:02
  2. Lenovo Yoga 920 – 12:50
  3. Samsung Notebook 9 – 12:16
  4. Dell XPS 13 (2017) – 12:16
  5. Lenovo ThinkPad X1 Carbon – 11:50
  6. Microsoft Surface Book (2016) – 11:49
  7. Apple MacBook Pro (13″, 2016) – 11:36
  8. HP EliteBook x360 (13″, 2017) – 11:34
  9. LG Gram 13 – 11:30
  10. Apple MacBook Pro (tachbarli, 15″, 2017) – 10:43
  11. Apple MacBook (12″, 2017) – 10:26
  12. Lenovo IdeaPad Flex 5-1570 – 10:23
  13. Microsoft Surface Laptop – 10:21
  14. Apple MacBook Air (13″, 2017) – 10:10
  15. Toshiba Portege X20W-D – 10:10
  16. Apple MacBook Pro (tachbarli, 15″, 2016) – 10:08
  17. Apple MacBook Pro (tachbarli, 13″, 2016 ) – 10:07
  18. HP Spectre x360 (15″, 2017) – 9:54
  19. LG Gram 15 – 9:42
  20. Dell Inspiron 15 7000 Gaming – 9:38
  21. HP Spectre x360 (13″, 2016) – 9:21
  22. Acer Swft 1 – 9:16
  23. Lenovo ThinkPad X270 – 9:15
  24. Samsung Chomebook Pro – 8:57
  25. Dell XPS 13 2-in-1 – 8:56

Demak, agarda siz ham akkumulyatori baquvvat noutbuk xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, yuqoridagi ma’lumotlar asqotib qoladi.

O‘QING: Eng baquvvat – o‘yinlar, dasturlash va veb-dizaynga mos noutbuklar narxlari (2018 yil 15 yanvar)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!