RASMAN: Apple bir yarim yildan beri hamma kutayotgan gadjetini chiqarmaydigan bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1092
  •  30.03.2019 12:34

RASMAN: Apple bir yarim yildan beri hamma kutayotgan gadjetini chiqarmaydigan bo‘ldi!

Kupertinolik korporatsiya 2017 yili – iPhone X hamda iPhone 8 smartfonlari bilan birga AirPower simsiz quvvatlash stansiyasini ham namoyish etgandi.  O‘shanda Apple bu gadjetini 2018 yili sota boshlashini aytgandi, ammo haligacha savdoga qo‘ymay kelayotir. Shunday bo‘lsa-da, o‘tgan haftada...

O‘QING: Apple AirPower: avstraliyaliklar yangi devaysni «sotib qo‘yishdi»!

AirPower qurilmasi iPhone, AirPods va Apple Watch’larni simsiz quvvatlashga mo‘ljallangan, ammo kompaniya uni ishlab chiqarishdan voz kechdi. Bu haqda Apple devayslari ishlanmasi bo‘yicha katta vitse-prezident Den Richchio rasman xabar berdi.

«Uzoq tajribalar natijasida biz shunday xulosaga keldikki, AirPower bizning yuksak sifat standartlarimizga mos kelmaydi, shu boisdan mazkur loyihani bekor qildik. Biz ushbu qurilmaning savdoga chiqishini kutgan iste’molchilardan uzr so‘raymiz. Biz simsiz kelajakka ishonishda davom etamiz va simsiz texnologiyalarni rivojlantirish niyatidamiz», – degan Den Richchio.

Aytish kerakki, Apple’ning boshqa biror gadjeti AirPower qadar orziqib kutilgan emas, lekin natijada...

O‘QING: Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi