RASMAN: Samsung smartfon va planshetlarining Android 9 Pie’gacha yangilanish muddatlari e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  2082
  •  25.12.2018 16:57

RASMAN: Samsung smartfon va planshetlarining Android 9 Pie’gacha yangilanish muddatlari e’lon qilindi!

Janubiy koreyalik korporatsiyaning Android 9 Pie operatsion tizim talqini bazasidagi One UI grafik qobiqli proshivkaga ega bo‘luvchi mobil qurilmalari ma’lum bo‘ldi. Kompaniya ularning ro‘yxati hamda yangilanish vaqtlarini Samsung Members ilovasi orqali e’lon qildi.

O‘QING: Samsung yangi – One UI grafik qobig‘ini chiqardi, lekin uyam hamma uchun emas... (+«jonli» videolar)

Ma’lumotga ko‘ra, Android 9 Pie bazasidagi proshivkaning tarqatilishi 2019 yilning yanvaridan boshlanib, oktyabrigacha davom etadi. Mazkur ro‘yxatda nafaqat smartfonlar, balki planshetlar ham mavjud bo‘lib, jami yigirma to‘rtta modeldagi qurilma ko‘rsatilgan:

Demak, Samsung kompaniyasi o‘z mobil qurilmalariga quyidagi tartibda Android 9 Pie asosidagi proshivkani tarqatmoqchi:

  1. Samsung Galaxy S9 – 2019 yilning yanvar oyida;
  2. Samsung Galaxy S9+ – 2019 yilning yanvar oyida;
  3. Samsung Galaxy Note 9 – 2019 yilning fevral oyida;
  4. Samsung Galaxy S8 – 2019 yilning mart oyida;
  5. Samsung Galaxy S8+ – 2019 yilning mart oyida;
  6. Samsung Galaxy Note 8 – 2019 yilning mart oyida;
  7. Samsung Galaxy A8 (2018) – 2019 yilning aprel oyida;
  8. Samsung Galaxy A8+ (2018) – 2019 yilning aprel oyida;
  9. Samsung Galaxy A7 (2018) – 2019 yilning aprel oyida;
  10. Samsung Galaxy A9 (2018) – 2019 yilning aprel oyida;
  11. Samsung Galaxy Tab S4 10.5 – 2019 yilning aprel oyida;
  12. Samsung Galaxy J4 – 2019 yilning may oyida;
  13. Samsung Galaxy J4+ – 2019 yilning may oyida;
  14. Samsung Galaxy J6 – 2019 yilning may oyida;
  15. Samsung Galaxy J6+ – 2019 yilning may oyida;
  16. Samsung Galaxy A8 Star – 2019 yilning may oyida;
  17. Samsung Galaxy J7 (2017) – 2019 yilning iyul oyida;
  18. Samsung Galaxy J7 Duo – 2019 yilning avgust oyida;
  19. Samsung Galaxy Xcover 4 – 2019 yilning sentyabr oyida;
  20. Samsung Galaxy J3 (2017) – 2019 yilning sentyabr oyida;
  21. Samsung Galaxy Tab S3 9.7 – 2019 yilning sentyabr oyida;
  22. Samsung Galaxy Tab A (2017) – 2019 yilning oktyabr oyida;
  23. Samsung Galaxy Tab Active 2 – 2019 yilning oktyabr oyida;
  24. Samsung Galaxy Tab A 10.5 – 2019 yilning oktyabr oyida.

Aytish kerakki, yuqoridagi ro‘yxatga kirgan ayrim Samsung smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.