RASMAN: Ta’limga oid ikkita onlayn xizmat vaqtincha to‘xtatildi

  •   DiMaX
  •  699
  •  24.06.2019 10:35

RASMAN: Ta’limga oid ikkita onlayn xizmat vaqtincha to‘xtatildi

2019 yil 1 iyulga qadar «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha elektron ariza yuborish» va «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish» davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu xususda Davlat xizmatlari agentligi o‘zi Telegram-kanali orqali xabar berdi.

O‘QING: O‘qishga qanday qilib DXM orqali hujjat topshiramiz?

So‘nggi kunlarda Davlat xizmatlari agentligiga maktabgacha ta’lim muassasalari tizimidagi navbatlar pozitsiyalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bir nechta murojaatlar kelib tushdi, deyiladi xabarda.

Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha ta’lim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qo‘yishda maxsus hisobga qo‘yish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.

Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni ko‘rsatishda inson omilini butunlay yo‘q qilish va to‘liq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.

Shu bois, 2019 yil 1 iyulga qadar elektron navbat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan qayta tiklanadi.

O‘QING: Abituriyentlar va ota-onalar uchun Call-markaz ishga tushdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.