RASMAN: tayyor turing, Mi Max 3 «kushandasi»ni 31 iyulda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1407
  •  20.07.2018 15:58

RASMAN: tayyor turing, Mi Max 3 «kushandasi»ni 31 iyulda ko‘ramiz!

Ayni damda smartfonlar orasida eng kuchli yangi flagmanlardan biri – Xiaomi Mi Max 3 modeli hisoblanadi. Ammo tez orada «Osmon osti saltanati»dagi yana bir gigant kompaniya uni «mahv etuvchi» smartfonni taqdim etmoqchi.

O‘QING: "Mobil kinoteatr" -- Mi Max 3 taqdim qilindi!

Umuman olganda, Huawei kompaniyasi o‘zining Honor Note 10 fabletini shu oyning oxirida taqdim etishi mumkinligi haqida insayderlar ko‘pdan beri aytib kelishardi. Bugun esa xitoylik texnogigant buning rasman tasdiqladi.

Ya’ni, Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Huawei rasmiy akkauntida quyidagi surat e’lon qilindi:

O‘QING: Ulkan Honor Note 10: “jonli” suratga qarab baho bering

Demak, 31 iyul kuni Honor Note 10 smartfoni jamoatchilikka rasman taqdim etiladi. Huawei bu flagmanini Xiaomi kompaniyasining kuni kecha namoyish qilingan Mi Max 3 planshetofoniga raqib sifatida ilgari surmoqda.

Honor Note 10 diagonaliga 6,9 dyuymlik Super AMOLED ekran hamda yakka kristalli Kirin 970 protsessori bilan ta’minlanadi. Uning tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 6 hamda 128 gigabaytlik hajmga ega bo‘ladi. Smartfonning asosiy kamerasi 24 va 16 megapikselli sensorlarni o‘z ichiga olsa, selfi-kamerasi 24 megapikselli datchikka ega.

Bulardan tashqari, yangi planshetofon GPU Turbo texnologiyasi bilan ta’minlanadi. Uning «quvvat toshi» esa naq 6000 mA/soatga teng bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Honor Note 10 maxsus Rolls Royce Design’ga ega bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!