RASMAN: Vivo mutlaqo romsiz Apex’ni sotuvga chiqarmoqchi, to‘laqonli taqdimot sanasi ma’lum (+video)

  •   DiMaX
  •  918
  •  24.05.2018 13:12

RASMAN: Vivo mutlaqo romsiz Apex’ni sotuvga chiqarmoqchi, to‘laqonli taqdimot sanasi ma’lum (+video)

Keyingi yillarda yetakchi smartfonsozlardan ko‘ra uncha tanilmagan kompaniyalar turli innovatsiyalarda birinchi bo‘layotganiga duch kelmoqdamiz. Jumladan, Vivo brendi MWC 2018 anjumanida qisman namoyish qilingan APEX nomli konseptual smartfonini taqdim etgan.

O‘QING: Xitoyda Snapdragon 845'ga ega ilk smartfon taqdim qilindi

Vivo Apex’ning tijorat maqsadlarida ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilishi masalasi shu paytgacha so‘roq ostida edi. Ishlab chiqaruvchi kuni kecha uning baribir sotuvga chiqishini rasman ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, Vivo Apex’ning to‘laqonli taqdimoti shu yilning 12 iyunida Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadi.

Aytish kerakki, bu qurilmaning avvalroq namoyish etilgan prototipi har tomonidan minimal darajadagi hoshiyalarga ega bo‘lgan 6 dyuymlik OLED-displey bilan jihozlangan edi. Unda barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga joriy etilgan, old kamera esa korpusning yuqori qirrasi ichidan chiqadi. Vivo Apex hozirda eng ilg‘or bo‘lib turgan sakkiz yadroli Snapdragon 845 protsessori hamda zamonaviy USB Type-C porti bilan ta’minlangan. Rasmiy taqdimotigacha uning ayrim xususiyatlari o‘zgartirilishi ehtimoli ham yo‘q emas.

O‘QING: Vivo tag‘in oldinda: old kamerasi yuqoridan chiquvchi, skaner va dinamigi romsiz ekranga joylangan ilk smartfon! (+video va fotolar)

Mana, Vivo Apex modeli taqdimotiga bag‘ishlab tayyorlangan yangi videolavhani ham birga ko‘ramiz:

Ta’kidlash kerakki, Vivo allaqachon ushbu smartfonning ikkinchi talqinini ham tayyorlagan. Balki 12 iyunda taqdim etiladigan model ham aynan shu bo‘lar – buni ham tez orada bilib olamiz. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

O‘QING: Vivo dunyodagi eng innovatsion smartfonning yangilangan versiyasini tayyorlamoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!