RASMIY VIDEO: Galaxy Note 10 biryo‘la kompyuter, noutbuk va smartfon o‘rnini bosadi!

  •   DiMaX
  •  1553
  •  09.07.2019 11:41

RASMIY VIDEO: Galaxy Note 10 biryo‘la kompyuter, noutbuk va smartfon o‘rnini bosadi!

Samsung kompaniyasining shu kunlarda eng kutilayotgan mahsuloti – Galaxy Note 10 planshetofonidir. Ishlab chiqaruvchi uning taqdimot kunini rasman aytgandi, endi esa Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yangi reklama roligini e’lon qildi.

O‘QING: Galaxy Note 10 hamda Note 10 Pro taqdimot kuni aniq, lekin ular allaqachon hafsalani pir qildi

Yangi tizerda Samsung, bir nechta turdagi qurilma o‘rniga bittasini – Galaxy Note 10’ni ishlatish mumkinligini aytgan:

Aytib o‘tish kerakki, Galaxy Note 9 (sotib olish) reklama roligida ham Samsung uni ofisda kompyuter o‘rnida ishlatish mumkinligini ta’kidlagandi. Ammo unda smartfonning kamerasi, o‘yinlardagi tezkorligi, suv o‘tkazmasligi va hokazo jihatlariga ham e’tibor qaratgandi.

O‘QING: Galaxy S10+ va Galaxy A80 smartfonlarini Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 10 Pro 5G’ga almashtirib bermoqchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!