Realme hatto smartfon g‘ilofidan ham arzon quloqchin taqdim etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  846
  •  19.08.2020 13:39

Realme hatto smartfon g‘ilofidan ham arzon quloqchin taqdim etdi (+video)

Hozirda aksariyat smartfonlarda 3,5 millimetrlik standart audiotirqish yo‘q, bunaqa quloqchinlarning yangi modellari ham tobora kamayib borayotir. Apple hamda Samsung esa yangi smartfonlari jamlanmasidan ham quloqchinni olib tashlashyapti.

O‘QING: Apple’dan ham avval Samsung xasislikni boshladi: Galaxy Note 20 qadog‘idan muhim aksessuarni olib qolishyapti!

Realme esa shunaqa naushnik chiqarishda davom etayotgan kam sonli smartfonsozlardan biridir. Mazkur ishlab chiqaruvchi kuni kecha Realme Buds Classic rusumli simli quloqchinni namoyish qildi. Uning uchun atigi 5 dollarga teng narx belgilangan; ya’ni u o‘rtacha smartfon g‘ilofidan ham arzon.

Realme Buds Classic quloqchinida diametri 14,2 millimetrlik drayverlar qo‘llangan. Ular yuqori sifatli kompozit materialdan ishlangan bo‘lib, ovoz yangratishda chuqurroq bas va toza vokalni ta’minlash uchun nanozarrachalar qo‘llangan.

Yangi quloqchin simida masofadan boshqarish uchun pult bilan ta’minlangan. Unga qo‘ng‘iroqlarga javob berish va musiqani boshqarish uchun bitta tugmacha hamda HD-mikrofon o‘rnatilgan. Realme Buds Classic simlari chalkashib ketmasligi uchun tasmacha shaklidagi sariq organayzerga ham ega.

Realme Buds Classic quloqchini Hindistonda 24 avgustdan boshlab, oq va qora korpuslarda sotila boshlaydi.

O‘QING: Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...