Realme'ning 64 megapiksellik smartfoni jonli suratlarda

Realme'ning 64 megapiksellik smartfoni jonli suratlarda

Ko‘pchilikka mashxur bo‘lgan Mukul Sharma Twitter tarmog‘idagi sahifasida Realme kompaniyasining 64 MPlik smartfoni aks etgan «jonli» suratlarni ulashdi.

Suratlar smartfon kamerasiga olingan rasmlarning xususiyatlarini o‘zida akst ettirgan. Uning aniqligi 9216 x 6912 piksel, ya’ni 63,7 MP ga teng. 1/50 c interval va F/1,8 diafragmada olingan suratning hajmi esa 12,2 megabaytni tashkil qiladi.

Realme 5 lineykasidagi smartfonlar 20 avgust kuni taqdim qilinishi rejalashtirilgan, ammo ushbu modellarga 64 megapiksellik datchik o‘rnatilmasligi ham mumkin. Gap shundaki, Realme 5 Pro modeliga 48 megapiksellik Sony IMX586 datchiki o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi smartfonning kodli nomi Realme RMX1921 bo‘lib, quyida uning “jonli” suratlari keltirilgan:

O‘QING: Vivo "sharshara"li ekranga ega smartfonini ko‘rsatdi