Rebellion yovuz daho haqidagi o‘yinni tekinga tarqatyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  558
  •  07.05.2020 15:03

Rebellion yovuz daho haqidagi o‘yinni tekinga tarqatyapti! (+video)

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun turli o‘yin studiyalari o‘z mahsulotlarini tekinga tarqatishmoqda. Masalan, Gameloft kompaniyasi o‘z yubileyi sharafiga naq 30 ta Android-o‘yinni bepul beryapti!

 O‘QING: Amazon bepul shuter o‘yin chiqaryapti: xususiyatlari, taqdimot kuni va videosi

Yovuz daho haqidagi Evil Genius o‘yini 2004 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, u hozirgacha ommabop. Rebellion kompaniyasi uning Steam-versiyasini bepul berishga qaror qildi.

Geymerlar Evil Genius’ning bepul versiyasini Steam saytidagi tegishli sahifadan mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin. Faollashtirish kodini olish uchun esa ushbu havola yordamida Rebellion rasmiy saytiga kirasiz, u yerda ro‘yxatdan o‘tib, Steam-akkauntingizni unga bog‘laysiz.

O‘QING: Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!