Red Dead Redemption 2 o‘yinining taqdimotini kutmasdan, uni yuklab olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  765
  •  18.10.2018 11:55

Red Dead Redemption 2 o‘yinining taqdimotini kutmasdan, uni yuklab olish mumkin!

Rockstar Games kompaniyasi Red Dead Redemption 2 o‘yinining PlayStation 4 va Xbox One konsollari uchun rasmiy relizini 26 oktyabrga belgilagan. Geymerlar unda avvalgi o‘yinda uchramagan yangicha sarguzashtlarga duch kelishadi.

O‘QING: Red Dead Redemption 2: yangi geympley bilan tanishing

O‘yinni taqdim etuvchi kompaniyaning e’lon qilishicha, Red Dead Redemption 2 uchun oldindan buyurtma bergan geymerlar uni taqdimotdan bir hafta avval yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. Ya’ni, 19 oktyabr – juma kuni, Toshkent vaqti bilan soat 09:00 dan boshlab o‘yinni yuklab olish imkoniyati taqdim etiladi.

Aytish kerakki, PlayStation 4 hamda Xbox One uchun Red Dead Redemption 2 o‘yinining hajmi taxminan 90 gigabayt keladi. O‘yinning PlayStation 4 Pro uchun chiqarilgan – tasvirlari yanada yaxshilangan versiyasi esa 105 gigabayt hajmga ega ekani aytilgan.

Agarda Red Dead Redemption 2 o‘yinini disklarda sotib olishni ko‘zlayotgan bo‘lsangiz, u holda ikkita diskni o‘rnatish kerak bo‘lishi yodda tuting. Zero, yaponlarning Game’s Talk saytida o‘yinning qadog‘i tasvirlangan. Unda mazkur dasturiy ta’minotning ikkita diskka joylanganligi ko‘rsatilgan.

O‘QING: Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!