Red Dead Redemption 2: yangi geympley bilan tanishing

  •   Saroy
  •  876
  •  02.10.2018 16:02

Red Dead Redemption 2: yangi geympley bilan tanishing

O‘tgan galgi Red Dead Redemption 2 geympley treylerida kadr ortida ayol ovozi bilan keyingi safar Dead Eye va talanchilar rejimida  faollashuvi haqida aytilgan edi. O‘yinchilar aldanmadi va yangi videoda atrofdagi personajlar bilan uyg‘unlikda harakat qilishi, bosqinchilik, hamda vaqtni sekinlashtirish yangilangani ko‘rsatildi.

Jinoyat to‘dasining a’zosi Artur Morgan bo‘sh vaqtlarini talanchilik va qotillik bilan o‘tkazadi. Masalan, hamtovoqlari bilan u poyezdlarni, aravalarni, bank va do‘konlarni talaydi. Lekin ulardan juda ehtiyot bo‘lish talab etiladi, chunki  RDR 2  Van Der Lind jinoiy guruhi boshqa jinoiy guruh bilan tuqnash kelishi mumkin. Ayol ovozi talanchilarning o‘zaro qarama-qarshiligi har joyda uchraydi, lekin ularni qonxo‘rlik va shafqatsizlik birlashtirib turishini eslata haydi aytadi.

O‘QING:Ehtiyot bo‘ling! Qalbaki o‘yinlar tobora ommalashib bormoqda

Bosh qahramon bir o‘zi ham yurishi mumkin, lekin kallakesarlardan ehtiyot bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Agar Artur o‘zini yomon tutsa, politsiya uning kallasi uchun mukofot e’lon qilishi mumkin. Natijada u o‘zini har daqiqada himoya qilib yurishga to‘g‘ri keladi. Bunda unga revolverlar va yangilangan Dead Eye rejimi yordam beradi. Avvallari u faqat dushmanlarni belgilashda yordam berardi, endi dushmanning kuchsiz tomonini ham ko‘rsatishga qodir hamda vaqtni sekinlashtiradi.

O‘QING:Yuqori texnologiya qurbonlari: robotlar, smartfonlar, videoo‘yinlar

Rockstar o‘yinchini xursand qilishda bittagina otishma bilan cheklanib qolmaydi. RDR2 geymerlar dunyosida guruh a’zolari bilan  ikkinchi darajali vazifalar hamda Arturning shaxsiy sarguzashtlari ham bor. Bo‘sh vaqtlarda esa qarta o‘ynashi yoki mahalliy qizlar bilan uchrashuvga chiqishi mumkin. Ajralib turish uchun, Artur saqolini o‘stiradi yoki olib tashlay oladi, kiyimini almashtiradi, soch turmagini o‘zgartiradi hamda yuvinadi… Bulardan tashqari, bosh qahramon nimada yurishini o‘zi belgilashi va kechki ovqatga taom tanlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz,  Red Dead Redemption 2 2018 yil  26 oktyabrda PlayStation 4 va Xbox One uchun chiqadi. 

O‘QING:Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!