Redmi 9 Power namoyish etildi: 149 dollarlik «quvvat monstri»!

  •   DiMaX
  •  2828
  •  17.12.2020 15:48

Redmi 9 Power namoyish etildi: 149 dollarlik «quvvat monstri»!

 Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi Redmi 9 Power rusumli smartfon namoyish etishi haqida yozgan edik. O‘shanda uni Xitoyda taqdim etilgan boshqa bir – Redmi Note 9 4G modelining Hindiston bozoriga mo‘ljallab reneyming qilingan kloni, deyishayotgan edi.

O‘QING: Yangi yil oldidan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari arzonlashdi, sovg‘alari ham bor!

Lekin ushbu smartfon Redmi Note 9 4G’ning butkul nusxasi bo‘lmasdan, undan farqli jihatlarga ham ega, tag‘in Poco M3 modeliga ham yaqinroq ekan. Redmi 9 Power plastik korpusda taqdim etilgan bo‘lib, to‘rt xil rangda taklif etiladi. Redmi uni diagonaliga 6.53 dyuymlik IPS-displey bilan jihozlagan. Tasvir aniqligi FHD+ formatida bo‘lgan ekran korpus old yuzasining 90.34% maydonini egallagan. Uning tomchisimon kemtigiga 8 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan.

Redmi 9 Power bosh kamerasi – uning Redmi Note 9 4G hamda Poco M3 modellaridan farq qiluvchi asosiy jihatidir. Kvadrokameraning birlamchi datchigi 48 megapiksellik, ikkinchisi – narigi ikkita smartfonda qo‘llanmagan 8 MPlik keng burchakli moduldir. Yana har biri 2 megapiksellik chuqurlik sensori hamda makromodul ham bor.

Yangi smartfon 6000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlangan, unga 18 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy etilgan. Redmi 9 Power tezkorligiga Snapdragon 662 protsessori hamda 4 gigabaytlik tezkor xotira mas’ul.

Kompaniya uni Hindistonda 22 dekabrdan sotuvga chiqaradi; smartfonning doimiy xotirasi 64 gigabaytlik varianti 149 dollar, 128 gigabaytligi esa 164 dollar turadi. Redmi 9 Power keyinroq boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqishi mumkin.

O‘QING: Yangi yil oldidan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari arzonlashdi, sovg‘alari ham bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!