Redmi K20 Pro Exclusive Edition'ning ba’zi jihatlari rasman tasdiqlandi

Redmi K20 Pro Exclusive Edition'ning ba’zi jihatlari rasman tasdiqlandi

Xiaomi kompaniyasi Redmi K20 Pro smartfonining Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan Exclusive Edition versiyasini taqdim qilishi haqida kecha xabar tarqalgan edi. Bugun esa qurilmaning bir qator jihatlari rasman tasdqilandi. Redmi Weibo'dagi rasmiy sahifasida devays yangi Snapdragon 855+ chipida ishlab, 12GB RAM va 512GB ROM'ga ega bo‘lishini ma’lum qildi.Shuningdek, postda telefonning ilk tasvirlarini ham oshkor qilingan. Bundan k o‘rish mumkinki, yangi qurilma old va orqa tomondan redmi K20 bilan bir xil. Boshqa texnik jihatlar ham bir xil bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Displey 6.39 dyuymli AMOLED panel bo‘ladi. Selfilar uchun 20 megapikselli korpusdan sizib chiquvchi old kamera moduli o‘rnatilgan bo‘lsa, orqa kameralar jamlanmasi 48 megapikselli asosiy, 13 megapikselli o‘ta keng burchakli va 8MP telefoto kameralardan iborat bo‘ladi. Akkumulyator sig‘imi ham 4 000 mA/soat bo‘lib, 27 vattli zaryadlash texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanadi.

Kompaniya Toshkent vaqti bilan kech soat 5 da boshlanuvchi ertangi taqdimot marosimini jonli efirda uzatadi. Tafsilotlarini biz bilan kuzatib boring.

O‘QING: Redmi K20 qanchalik chidamliligini ko‘rsatdi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!