Redmi K50 Gaming smartfoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Redmi K50 Gaming smartfoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Xiaomi kompaniyasi shu yilning aprel oyida Dimensity 1200 chipiga ega bo‘lgan Redmi K40 Gaming smartfonini taqdim etgan edi. 

Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya endi MediaTek'ning eng so‘nggi Dimensity 9000 chipi bilan jihozlangan yangi Redmi K50 Gaming smartfonini taqdim etishni rejalashtirmoqda. 

Avvalgi Redmi K40 Gaming kabi yangi smartfon 64MP asosiy kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. O‘garishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu safar qurilma yassi displey hamda ekranosti barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi. 

Redmi K40 Gaming bilan taqqoslaganda yangi smartfonning tashqi dizaynda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ya’ni yangi dizayn K50 Gaming smartfonining sovutish tizimini yaxshiroq ishlashiga imkon beradi. 

Smartfonning qachon taqdim etilishi hali noma’lum. Agar Redmi K40 seriyasining taqdim etilgan sanalariga e’tibor bersak, Remi K50 seriyasi 2022 yilning birinchi choragida Gaming talqini esa undan biroz vaqt o‘tgach taqdim etiladi. 

O‘QING: Poco X4 hamda Poco X4 NFC smartfonlari taqdim etiladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!