Redmi K60 seriyasiga ilk nazar: qatordagi smartfon rasmiy renderda ko'rsatildi

Redmi K60 seriyasiga ilk nazar: qatordagi smartfon rasmiy renderda ko'rsatildi

Xiaomi o'zining Redmi brendi ostidagi K seriyasi smartfonlarining yangi avlodi – Redmi K60 modellarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Kompaniya o'zining rasmiy Weibo sahifasida ulardan birining tizer suratini ulashdi.

Aytish kerakki, posterdagi rasmda aynan qaysi modeldagi Redmi K60 ekanligi ma'lum qilinmagan yoxud bu K60E, K60 yoki K60 Pro bo'lishi mumkin. Unda smartfonning naqshli orqa tomonidagi to'rtburchak, yon tomonlari qiyalashtirilgan kamera orolida tasvirlarni optik barqarorlashtirish xususiyatiga ega bo'lgan uchlik kameralar bilan LED chiroqni o'z ichiga olganligini ko'rishimiz mumkin. Qolaversa, surat smartfon tepa qismida mikorofon, infraqizil qurilma va ovoz kuchaytirgich panjarasi bo'lishini tasdiqlaydi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Redmi K60 Pro modeli mobil smartfonlar uchun bugungi kunning eng kuchli chipseti bo'lmish Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlanadi va u 16GB LPDDR5X operativ, hamda, 512 GB UFS 4.0 xotiralari bilan birga ishlaydi. Smartfon AnTuTu platformasida 1,35 milliondan ortiq ball qo'lga kiritgan. Kompaniyaning ta'kidlashicha, Pro model shu darajada kuchliki, u bor joyda alohida geyming modelga o'rin yo'q. Shu sabab Redmi rasman K60 Gaming modelini bekor qildi.

Qolgan modellarga kelsak, Redmi K60 modelining o'zi Snapdragon 8+ Gen 1, Redmi K60E esa MediaTek'ning Dimensity 8200 chipiga ega bo'ladi.

Redmi K60 seriyasi 27-dekabr kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Tesla Apple qila olmagan ishni qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.