Redmi Note 4 – yaxshi va arzon smartfon hammaga yetadi!

Redmi Note 4 – yaxshi va arzon smartfon hammaga yetadi!

2015 yilning noyabrida Xiaomi o‘zining Redmi Note 3 smartfonini chiqardi, oradan ikki oy o‘tib esa uning yaxshilangan – Pro versiyasini taqdim etdi. O‘tgan yilning avgustiga kelib esa Redmi Note 4 ham chiqarildi. Modellarning bunchalik tez yangilanishi kompaniya uchun foydali bo‘larmikan – xaridor endigina bitta smartfonga ko‘nikkanida, darrov keyingisi chiqib tursa… Deyarli oldingisidek, lekin sal yaxshiroq.

Xo‘sh, Redmi Note 4 modeli o‘zining yaxshi tanilgan «ajdodi»dan nimalari bilan farq qiladi? Uni yetilib ulgurgan, desak bo‘ladimi? Bugun shularga bir nazar solamiz.

Xiaomi Redmi Note 4 Xiaomi Redmi Note 4

Xiaomi Redmi Note 4’ning texnik xususiyatlari:

  •  Ekran: IPS, 5,5″, 1920×1080, 401 ppi, multitach;
  •  Protsessor: o‘n yadroli, 64 razryadli MediaTek Helio X20, 2,1 GGs chastotada ishlaydi;
  •  Grafik tezlatgich: Mali-T880 MP4;
  •  Operatsion tizim: MIUI 8 interfeysidagi Android 6.0 Marshmallow;
  • Tezkor xotira: 2 GB;
  • Ichki xotira: 16 GB;
  • Aloqa: GSM: 850/900/1800/1900 MGs || UMTS: 850/900/1900/2000/2100 MGs || LTE: 1, 3, 5, 7, 38, 39, 40, 41;
  •  SIM-karta: Nano-SIM+Micro-SIM, Dual SIM Dual Standby (DSDS);
  •  Simsiz interfeyslar: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac; Bluetooth 4.2 LE; IQ-port;
  •  Navigatsiya: GPS, GLONASS
  •  Kameralar: asosiy – 13 Mp (fazali avtofokus, ikki tusli LED-chaqnoq); old kamera – 5 Mp;
  •  Datchiklar: yorug‘lik, yaqinlashuv batchiklari, akselerometr, giroskop, kompas, barmoq izi skaneri;
  •  Akkumulyator: 4100 mAch, olinmaydigan;
  • O‘lchamlari: 151x76x8,3 mm;
  • Vazni: 175 gramm.

O‘rami va jamlanmasi

Jamlanmasiga smartfonning o‘zi bilan birga ikki amperli quvvatlash adapteri, Micro-USB kabeli, SIM-slotni chiqarish ignasi hamda hujjatlar to‘plami kiradi.

Bularning barchasi oq kartondan yasalgan, Xiaomi devayslariga mos ixcham qutiga solingan.

Xiaomi Redmi Note 4 Xiaomi Redmi Note 4

Tashqi ko‘rinishi

Qanchalik g‘alati tuyulmasin, Redmi Note 4 o‘zining turkumidagi bitta oldingi Note 3 modelining emas, balki Redmi Pro flagman smartpedining dizaynini o‘zlashtirgan. Bu ikki qurilma orada bir oylik farq bilan bozorga chiqarildi va xuddi egizaklarga o‘xshaydi. Har ikkalovi chekkalari silliqlangan yaxlit metall korpusga ega; yuqori va pastki qismida esa plastik qismlari bor. Ikkalasida ham dinamik tirqishlari bir xil.

Обзор Xiaomi Redmi Note 4

Redmi Pro faqat qo‘sh kamerasi hamda «Uyga» tugmachasining sensor emas, balki haqiqiy moddiy tugmacha ekanligi bilan farqlanadi. Shundayam uning ikkinchi kamerasi xuddi Redmi Note 4 modelidagi barmoq izi skaneri o‘rnida joylashgan.

Redmi Note 4 uch xil tangda savdoga chiqarilgan: kumushrang (old paneli oq), to‘q kul rang (old paneli qora) va tillarang.

Xiaomi Redmi Note 4Xiaomi Redmi Note 4

Ergonomika

Xiaomi o‘zining bu devaysining qo‘lda qulay o‘rnashuviga juda e’tibor bergan. Yaxlit metall korpusni bukishga urinsangiz ham qiyshaymaydi va g‘ichirlamaydi.

Smartfon yetarlicha og‘ir – o‘lchamlari yirikligi hamda korpus materiali metall ekanligi natijasi. Xususan, materiali yana bir marta ta’kidlashga arziydi – u anchagina qalin va sifatli alyuminiydan quyilgan. Agar solishtirish uchun bundan keyin qo‘lingizga Redmi Note 3 olsangiz, farqi yaqqol seziladi: uning sirtidagi metall yupqaroq, qo‘lga sovuq botmaydi.

Displey

Xiaomi Redmi Note 4 smartfoni 5,5 dyuym diagonalga ega IPS-matritsa bilan jihozlangan. Displey sifati 1920x1080 pikselli, piksellar zichligi – 401 ppi.

Displeyning sensori bir vaqtning o‘zida 10 tagacha teginishlarni seza oladi. Ekran silliqlangan 2,5D himoya oynasi bilan qoplangan va unga sifatli oleofob qoplama o‘rnatilgan – barmoq izi qolmaydi.

Xiaomi Redmi Note 4 Xiaomi Redmi Note 4

Interfeys

Smartfon Xiaomi kompaniyasining ishlanmasi – MIUI 8 interfeysli Android 6.0 Marshmallow boshqaruvi ostida ishlaydi. Proshivka ko‘p tilli, unda rus tili ham bor.

Shuningdek, ko‘pchilik Xitoy smartfonlaridan farqli ravishda, bu proshivkada Google Play ham o‘rnatilgan. MIUI tizimida Android uchun xarakterli bo‘lgan alohida ilovalar menyusi yo‘q. Barcha ilovalar bevosita ish stollarida joylashadi. Ish stollarining soni cheklanmagan, biroq ularni varaqlab o‘tirishni istamasangiz, ilovalarni jildlarga joylab chiqish imkoni mavjud.

Обзор Xiaomi Redmi Note 4

Ichki qurilmalari

Xiaomi odatda chipset tanlashda biror qat’iy siyosat tutmaydi – turli gadjetlarida Qualcomm protsessorlaridan ham, MediaTek chiplaridan ham foydalanaveradi. Masalan, Note 3 avvaliga MediaTek platformasida chiqarilgan, oradan bir necha oy o‘tgach taqdim etilgan Pro-versiyasi esa Qualcomm chipseti o‘rnatilgan.

Note 4 esa o‘n yadroli 64 razryadli MediaTek Helio X20 chipseti bilan jihozlangan, u 2,1 GGs chastotada ishlaydi. Taqdimot marosimida ta’kidlanganidek, gadjetning samaradorligi Note 3’ga nisbatan 62 foizga yuqori, quvvat sarfi esa unikidan 30 foizga kam.

Redmi Note 4 smartfonida grafika uchun to‘rt yadroli Mali-T880 MP4 tezlatgichi javobgar. Devaysning tezkor xotirasi 2 GB, ichki xotirasi esa – 16 GBni tashkil etadi. Biroq smartfon sohibi mazkur doimiy xotiraning 11 gigabaytga yaqin qismidan foydalana oladi. To‘g‘ri, gadjetga 128 GBgacha hajmli MicroSD kartasini qo‘yish mumkin, ammo SIM-kartalardan birining o‘rniga. Shuningdek, Redmi Note 4’ning yaxshilangan – 3/64 GBlik talqini ham mavjud. Umuman, keyinchalik uning boshqa protsessor o‘rnatilgan talqinlari ham chiqarilgan.

AnTuTu benchmarkida sintetik test natijasida bu qurilma 81604 ball olgan. 3D Mark hamda GeekBench 4 natijalari bilan quyidagi skrinshot orqali tanishish mumkin.

RASM-SKRINShOT

Xiaomi Redmi Note 4 Xiaomi Redmi Note 4 Xiaomi Redmi Note 4

Kamera

Note 4 modelining asosiy kamerasi 13 megapikselli modulga ega. Smartfon taqdimotida aytilganiga ko‘ra, bu – OmniVision kompaniyasining eng so‘nggi sensorlaridan biridir. Besh linzali ob’yektiv f/2.0 aperturaga ega. Kameraning sifatli surat olishiga fazali avtofokus tizimi hamda ikki tusli yorug‘lik-diodli chaqnoq yordam beradi. Old kamera 5 megapikselli bo‘lib, ob’yektiv aperturasi – f/2.0.

Quyidagi suratlar asosida kamera imkoniyatlariga baho bering.

Asosiy kamera ranglarni yaxshi qabul qiladi, ekspozitsiyada adashmaydi. Shu bois ham tabiiy yoki sun’iy yorug‘lik yetarli bo‘lgan sharoitda sifatli, mayda-chuydasigacha batafsil suratga oladi. Lekin yorug‘lik yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmlarda «shovqin»lar seziladi, mayda detallarni farqlash qiyinlashadi.

Old kamera sifati ham o‘ziga yarasha – yaxshi yoritilgan hollarda sifatli rasmlar oladi.

 

Simsiz interfeyslar

Note 4 smartfonida SIM-kartalar uchun ikkita (Nano va Micro) slot mavjud. Uning radiomoduli LTE Cat. 6 tarmoqlarida ishlashga qodir, ularda ma’lumot uzatishning nazariy tezligi 300 Mbit/s.gacha yetadi.

Smartfon ikki diapazonli (2,4 GGs va 5 GGs) Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac moduliga ega. U Wi-Fi Hotspot, Wi-Fi Direct hamda Wi-Fi Display texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Картинки по запросу Xiaomi Redmi Note 4

Xiaomi’ning mazkur gadjeti 4.2 LE versiyasidagi Bluetooth texnologiyasiga ega. Shuningdek, Takje Redmi Note 4 infraqizil port bilan ham jihozlangan bo‘lib, masofadan boshqaruv uchun universal pult vazifasini o‘tay oladi. Buning uchun qurilmaga maxsus MI Remote ilovasi boshidanoq o‘rnatilgan.

Akkumulyator

Redmi Note 4 modeliga 4100 mA/soat sig‘imli, olinmaydigan akkumulyator o‘rnatilgan. O‘z jamlanmasida kelgan ikki amperli quvvatlash qurilmasi orqali batareyani 2 soatu 20 daqiqada to‘ldirish mumkin.

AnTuTu Tester benchmarki bu smartfonning avtonomligini, ya’ni quvvatlashsiz ishlash davomiyligini 9215 ballga baholagan. Bu esa o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ikki karra yuqori, deganidir.

Yakuniy fikrlar

Redmi Note 4 modelini, ayrimlar fikricha, «Redmi Note 3 Pro Pro» deb nomlasa ham bo‘laverardi, chunki u o‘z ajdodidan kam farq qiladi. To‘g‘ri, uning korpusi sifatliroq va protsessori baquvvatroq, ilg‘or versiyasida xotira hajmiyam kattaroq (Note 3’da 32 GB bo‘lsa, bunda 64 GB).

Umuman olganda, Note 4 – Xiaomi’ning navbatdagi xit mahsuloti. Axir, bunday past narxga bu qadar yuqori xususiyatlarga ega smartfonni har kmi ham taklif qilavermaydi-da!

Xiaomi Redmi Note narxiga kelsak, uni poytaxtimizdagi «Malika» savdo markazi do‘konlarida 1 380 000 (yoki 165 sh.b.) evaziga xarid qilish mumkin. Agarda Aliexpress orqali buyurtma beradigan bo‘lsangiz, smartfon sizga 134.99 AQSh dollariga tushadi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2,2 млн Sotib olish
«Малика» савдо маркази 1.3 млн Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!