Redmi Note 5’ning rasmiy video-tizerini tomosha qilamiz

  •   DiMaX
  •  2184
  •  12.02.2018 09:51

Redmi Note 5’ning rasmiy video-tizerini tomosha qilamiz

Xiaomi o‘zining orziqib kutilayotgan Redmi Note 5 smartfonini 14 fevralda namoyish etishini yaqinda ma’lum qilgan edi. Bugun esa kompaniya uning rasmiy videoroligini ham internetga joyladi.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi nihoyat Redmi Note 5 taqdimotining aniq sanasini aytdi!

Xitoylik kompaniya romsiz ekranli ushbu yangi smartfonini Hindistonda taqdim etishni rejalashtirgan. Shuning uchunmi, rasmiy videorolik ham uning Xiaomi India bo‘limi tomonidan tarqatilgan.

Ushbu videolavha «jonli» tizer tarzida ishlangan bo‘lib, Xiaomi unda Redmi Note 5 modelining 18:9 nisbatli romsiz ekraniga ahamiyat qaratgan. To‘liq ekranli telefonga ega bo‘lish qanchalik zo‘r ekaniga urg‘u bergan va uning taqdimot sanasini rasman tasdiqlagan, xolos.

Mana, o‘zingiz ko‘ring-da:

Ushbu smartfonning xususiyatlari haqida deyarli barcha ma’lumotlar tarqalgan. Ularning haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishiga esa atigi ikki kundan so‘ng guvoh bo‘lamiz, bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 9 fevral)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!