Redmi Note 7 kushandasi – atigi 120 dollarlik Vivo U1 rasman namoyish qilindi

  •   DiMaX
  •  3251
  •  19.02.2019 16:46

Redmi Note 7 kushandasi – atigi 120 dollarlik Vivo U1 rasman namoyish qilindi

Flagmanlardan tashqari, hamyonbop smartfonlar bozori ham ishlab chiqaruvchilar uchun muhim bo‘lib bormoqda. Hozirda bunday narx toifasidagi telefonlar bo‘yicha xitoylik kompaniyalar ancha ilg‘or.

O‘QING: Xiaomi’ga qarshi kurash: Samsung endi 118 dollardan boshlanuvchi Galaxy A smartfonlarini chiqaryapti!

 Vivo kompaniyasi ham o‘zining U1 rusumli arzon smartfonini taqdim etdi. Qurilmaning romsiz FullView 2.5D ekrani diagonaliga 6,22 dyuymlik bo‘lib, tasvir aniqligi 1520x720 pikselni tashkil qiladi. Tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatli displeyning tepa qismida tomchisimon «kemtik» bor – u yerga 8 megapiksellik old kamera joylangan. Smartfonning asosiy kamerasi esa orqa qopqoqning yuqori chap burchagida tikkasiga joylashgan qo‘sh (13 + 2 MP) modul va fotochaqnoqni o‘z ichiga oladi.

Mazkur gadjetning texnik ta’minoti asosini Snapdragon 439 protsessori tashqil etadi. Mazkur chipset 1,95 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi sakkizta ARM Cortex A53 yadrosi, Adreno 505 grafik tezlatgichi va Snapdragon X6 LTE modemidan iborat.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Vivo V15 Pro «jonli» videoda: 48 MPlik uch modulli kamera, korpusdan chiquvchi 32 MPlik old kamera!

Vivo U1 modeli simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11a/b/g/n va Bluetooth 5.0 interfeyslari, GPS priyomnigi va orqa panelda daktiloskopik skaner bilan ta’minlangan. Akkumulyatori 4030 mA/soatlik, microSD xotira kartasi uchun slot mavjud. Korpusining o‘lchami 155,1x75,09x8,28 millimetrga, vazni esa 163,5 grammga teng. Smartfonga Android 8.1 (Oreo) operatsion tizim talqini bazasidagi Funtouch OS 4.5 grafik qobig‘i o‘rnatilgan.

Vivo U1 smartfoni qora, qizil va moviy korpuslarda, xotirasiga ko‘ra ikki xil konfiguratsiyada allaqachon sotuvga qo‘yilgan. Uning tezkor/doimiy xotirasi 3/32 gigabaytlik talqini uchun 120 dollar, 4/64 gigabaytlik versiyasi uchun esa 180 dollar narx belgilangan. Uni hozircha Xitoy bozoridagina sotishmoqda, raqibi esa global bozorga yurish qilayotir.

O‘QING: Xiaomi ham «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni global versiyada jahon bozoriga chiqaryapti!